O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti ta`lim muassasalarining boshqaruvi i-kurs magistranti abdusodiqova Shahlo G’ayratovnaning menejment nazariyasi fanidan
Download 109.79 Kb.
|
kurs ishim yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA…………………………………………………………………….
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TA`LIM MUASSASALARINING BOSHQARUVI I-KURS MAGISTRANTI Abdusodiqova Shahlo G’ayratovnaning MENEJMENT NAZARIYASI FANIDAN “Boshqaruv funksiyalari va metodlari” mavzusida KURS ISHI Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent F.O. Xodjieva NAVOIY-2022 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………4-bet I- BOB. BOSHQARUVNING MOHIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI 1.1-§. Boshqaruv predmeti va izlanish uslublari ………………………………8-bet 1.2-§. Boshqaruv ilmining kelib chiqishi. Boshqaruv ilmining o'ziga xos xususiyatlari ……………………................................................................ 12-bet 1.3-§. Boshqaruv jarayoni mazmuni….................………………..……..….. 16-bet I-BOB BO`YICHA XULOSA …………………………………………….. 19-bet II-BOB.BOSHQARUV QONUNLARI VA TAMOYILLAR 2.1-§. Boshqaruv psixologiyasi…………………………………………….....21-bet 2.2-§. Iqtisodiy qonunlami bilishning ahamiyati. Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar……………………………………………………………………….24-bet 2.3- §. Boshqaruvning asosiy tamoyillari…………………………………….29-bet II-BOB BO`YICHA XULOSA ……………………………………………..31-betIII-BOB. BOSHQARUV FUNKSIYALARI 3.1- §. Boshqaruvning kelajakka yo'naltirilganligi...…………………………34-bet 3.2- §. Boshqaruvning funksiyalari va ularning tasnifi.………………………37-bet 3.3- §. Boshqaruv usullari…………………………………………………….40-bet XULOSA…………………………………………………………………….47-bet FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………….49-bet KIRISH Kurs ishining dolzarbligi va zarurligi. Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. “Prezidentimiz 2019 yil 23-avgust yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir. Ma’lumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e’tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan qurildi. Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Ishoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Ta’lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va ta’siri borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq ta’limi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak o‘qituvchi qaytdi. Pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiyasi to‘liq miqdorda berilmoqda. “Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – dedi Prezidentimiz. – Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag‘ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq”. ", dedi - Shavkat Mirziyoyev. Ma’lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalami taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag'batlantirish chora-tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o'tkazadi. Mustaqilligimizni qo‘lga kiritmasimizdan oldin iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega bo‘lgan, markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfming shakllanishiga to'sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o'zini oqlamaganligi tarixdan ma’lum. O'zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko'zda tutilgan, erkin narxnavo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini tanladi va iqtisodiy islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlaming birinchi bosqichidanoq iqtisodiyotni boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o'zgarishlami amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ulaming xususiyatiga mos keladigan xo'jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini rag'batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o'rganishda, iqtisodiyotning butun tarmoqlarida, boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali rahbarlami tayyorlashda «Boshqaruv nazariyasi» fani muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim, malaka, tajriba, qolaversa uning muhim xislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bu fanning maqsadi, vazifalari ham shulami o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek, boshqaruv tizimida menejer o'mi, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqamv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Download 109.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling