Muammoning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”, ”Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”, ”Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz” kabi asarlari kurs ishining mavzusi uchun boshqarish funksiyalari va metodlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining maqsadi: Boshqaruv funksiyalari va metodlarini har tomonlama o’rganish va tahlil qilish, ta’limda boshqaruvni takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: Bugungi kunda boshqarishda zamonaviy yondashuvlar milliy va xorijiy tajribalar hamda ta’lim muassasalari amaliyoti misolida muammoning holatini o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
- Adabiyotlar to’plash va ularni tahlil qilish;
- Boshqaruv funksiyalari va metodlarini o’rganish;
- Ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan davlat talablarini zamonaviy yondashuvlari asosida takomillashtirilishini asoslash;
- Muammo yechimlari yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti: Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko'rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalami umumlashtirish va o‘rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish. Boshqaruvning funksiyalari va metodlarini ilmiy tahlil qilish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Boshqaruv funksiyalari va metodlari mazmuni, usullari, ta’limni zamonaviy boshqarish yondashuvi, tendentsiyalar.
Tadqiqot metodlari. Kurs ishida ilmiy manbalarni o’rganish, tahlil qilish, so’rov, bashoratlash kabilardan foydalanildi.
Kurs ishi mavzusining yangiligi quyidagilardan iborat: Milliy va xorijiy tajribalari hamda ta’lim muassasalari amaliyoti misolida muammoning holatini o’rganish, tahlil qilish, umumlashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |