O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta‘lim vazirligi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fizikadan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma
Download 1.55 Mb.
|
механика тажриба охиргиси 8.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Tajriba ishi №4 Mavzu: Oberbek mayatnigi yordamida qattiq jismning inersiya momentini aniqlash Ishning maqsadi
- Nazariy qism
To’pponchaning egilish burchagini almashtiring va barcha o’lchashlarni 3-6- bandlardagidek takrorlang. Har bir egilish burchagi uchun tajribani 3-4-marta takrorlang. Tajribalarni 5-6 xildagi burchaklarda 15o-75o gacha bo’lgan oraliqda bajarishni tavsiya qilamiz. S( va h( bog’lanish grafiklarini yasang va olingan natijalarni nazariy ma’lumotlar bilan taqqoslang.( (9) va (6) formulalar) Yasagan grafigingizdan foydalanib, sharchaning boshlang’ich tezligini hisoblang. Olingan natijaning xatoligini baholang va uni o’lchagichning ko’rsatishlari bilan taqqoslang. Nazorat savollari Ko’chish trayektoriya va yo’l haqida tushincha bering. Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jism harakati deganda nimani tushinasiz? Jism qanday burchak ostida otilganda ko’chish eng maksimal bo’ladi? Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning ko’tarilish balandligi qanday formula yordamida aniqlanadi? Sharchaning maksimal ko’tarilish balandligi bilan maksimal ko’chish uzoqligi orasidagi bog’liqligi? Tajriba ishi №4 Mavzu: Oberbek mayatnigi yordamida qattiq jismning inersiya momentini aniqlash Ishning maqsadi: Qattiq jismlar aylanma harakati dinamikasining asosiy qonunlarini tajribada tekshirish. Kerakli asbob va materiallar: Oberbek mayatnigi; Uzunligi 2m keladigan masshtabli chizg’ich; Yuklar to’plami; Shtangensirkul; Sekundomer. Nazariy qism Aylanma harakatdagi jismning asosiy qonuni quyidagicha ifodalanadi: M=J·ε (1) bunda J=m·r2 (2) bu yerda M –jismga ta’sir etuvchi kuchlarning aylanish o’qiga nisbatan olingan moment, J-jismning inersiya moment, ε-jismning burchak tezlanishi. (1) ifodani quyidagicha yozish ham mumkin: (3) Bu formulada zanjirning o’zaro bog’lanishini Oberbek mayatnigi yordamida tekshiramiz. Oberbek mayatnigi bir burchakka kirgizilgan to’rtta А, А1, В, В1 sterjendan iborat bo’lib, qo’shni sterjenlar bir-biriga perpendikulyardir. Mayatnikning inersiya momenti, sterjenlar bo’yicha siljitiladigan yuklar bilan o’zgartiriladi. Umumiy o’qqa chig’iriq o’rnatilgan bo’lib, chig’iriqqa ip o’ralgan ipning ikkinchi uchi M yukka bog’langan. Yuknig og’irligi chig’iriqdagi ipga ta’sir qilib, ipni tortadi, bunda maxovik tekis tezlanuvchan aylanma harakatga keladi. Maxovik sterjenlaridagi yukning dastlabki turish holatini belgilaymiz. Agar yukning tik shkala bo’yicha tushish balandligi h va tushish vaqti t bo’lsa, yukning harakat tezlanishi quyidagicha topiladi: Maxovikning o’qqa o’rnatilgan chig’iriqning radiusini o’lchab, uning burchak tezlanishini va kuch momentini topish mumkin: (4) P=m·(g-a) M=P·r=m·(g-a)·r (5) Aylanuvchi sistema inersiyasi bo’yicha (4) va (5) formulalar yordamida ε va M ni topgandan keyin sistemaning inersiya momenti quyidagicha topiladi Sistemaning inersiya momentini o’zgartirmasdan turib, tik tushuvchi yukning kattaligini o’zgartirish bilan sistemadagi kuch momentini o’zgartirish mumkin. So’ngra maxovik sterjenlaridagi 2 ta yoki 4 ta yuk o’rnatib, uning kuch momentlarini bir xilda saqlagan holda, yuklarni aylanish o’qigacha momentini oshirish yoki kamaytirish mumkin. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling