O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet29/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar.
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014-yil.
3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
4. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
Qo’shimcha adabiyotlar:
5. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2010.
6. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (O’RQ–637, 23.09.2020)


12 – Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi, vazifasi va mazmuni.
2. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi, vazifasi, mazmuni.
3. Sinfdan, maktabdan tashqari bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari va ularning tarbiyada tutgan o’rni.
4. Sinfdan vа mакtаbdаn tаshqаri tаrbiyaviy ishlаrni tаshкil qilishning hаyotiy zаrurligi
5. Sinfdаn vа mакtаbdаn tаshqаri tаrbiyaviy ishlаr mаzmuni, shакli vа uslublаri.
Tayanch so’z va iboralar: sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari ishlar, turlari, shakllari, ommaviy ishlar, madaniy-ommaviy tadbirlar, guruhiy ishlar, individual ishlar, maktabdan tashqari bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari.
Sinfdаn vа mакtаbdаn tаshqаri tаrbiyaviy ishlаrning sаmаrаdоrligini оshirish аvvаlо коmil insоnni shакllаntirishning eng zаmоnаviy vа qulаy yo`nаlishlаrini tоpib jоriy etishgа bоg`liq. Ushbu Коntsеptsiya hаm хuddi shu mаqsаddа, shахs каmоlоti bоsqichlаrini bеlgilаb оlishgа yo`nаltirilgаn.
Tаrbiyaviy ishlаrni dаvr tаlаbigа jаvоb bеrаdigаn hоlgа кеltirish uchun tаrbiyaning аsоsi bo`lgаn bаrchа g`оyalаr qаytаdаn кo`rib chiqilishi, аsоsiy e`tibоr bоlа shахsigа qаrаtiligi, yillаr dаvоmidа to`plаngаn ijоbiy tаjribаdаn unumli fоydаlаnish zаrurligini tаqоzо etаdi.
Tаrbiyaviy ishlаr huquqtаrtibоt оrgаnlаri, ijоdiy uyushmаlаr, Dаvlаt vа nоdаvlаt jаmg`аrmаlаr, qo`mitаlаr vа tаshкilоtlаr bilаn hаmкоrliкdа оlib bоrilаdi.
Sinfdan tashqarida, ammo maktab territoriyasida o’quvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar sinfdan tashqari ishlar deb aytiladi. O’qituvchilarning deyarli hamma qismi sinfdan tashqari ishlarga jalb etiladi va undan o’quvchini har tomonlama rivojlantirishning muhim vositasi sifatida foydalanadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’ziga xos xususiyatlari bilan mashg’ulotlardan farq qiladi. Bu ish ixtiyoriy xarakterga ega bo’lib, o’quvchilar o’z qiziqishlariga va layoqatlariga qarab turli xil to’garaklarga qatnashadilar, darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan oilaviy va individual ishlarga ham o’z istaklari bilan ishtirok etadilar. Sinfdan tashqari ishlarning turlari va shakllari xilma-xil bo’lib, har bir maktab bu ishga istesnosiz, hamma o’quvchilarni tortishi talab etiladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni va formasi asosan o’quvchilarning qiziqishlariga, talablariga hamda ularning shaxsiy xohishlariga va mahalliy sharoitlariga bog’liq holda amalga oshiriladi.
O’zbekiston xalq ta’limi vazirligining 1994 yilda chiqargan “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyalari”da ko’rsatib o’tilgan talablarga muvofiq tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ayniqsa, o’quvchilarga mustaqillik berish alohida ta’kidlangan.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy vazifasidan biri -o’quvchilar hayotini zavqli, sermazmun va madaniy qilish, ularni jamoa bo’lib yashashga va ishlashga o’rgatishdan iborat.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling