O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi
Download 0.99 Mb.
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Uchinchi bosqich.
Jamoani rivojlanish bosqichlari.
Birinchi bosqich. O’quvchilar jamoasi bilan ishlashning dastlabki davri bo’lib, hali jamoa tashkil etilmagan, shaxsga nisbatan jamoaning pedagogik talabi bo’lmaydi, har bir o’quvchi o’zi uchun o’zi javob beradi. Bu bosqichda bolalar tarqoq bo’lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanish mumkin bo’lgan ta’sirchan faollar bo’lmaydi. Shuning uchun bu bosqichda salbiy hodisalar ochiq muhokama etilmaydi. Rivojlanishning bu davrida o’qituvchining talabi qat’iy, jiddiy, izchil bo’lishi kerak. Bu pedagogik talablar ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan maqsadning, pedagoglar bilan o’quvchilarning birgalikdagi har tomonlama sobitqadam faoliyatining, o’zaro ma’suliyatli munosabatlarning mavjudligi bilan muhimdir. O’qituvchining o’quvchilar oldiga qo’ygan pedagogik talablari ularning yoshi va imkoniyatiga mos, yetarlicha jiddiy bo’lishi kerak. U xushmuomala, mehribon bo’lish bilan birga, o’quvchilarning xulq-atvor me’yorlariga qat’iy rioya etishlarini jamoaning muvaffaqiyati sifatida tushunishlariga g’amxo’rlik qilishi zarur. O’qituvchi pedagogik talablarni qo’yish asosida o’z atrofiga faollarni - jamoaning eng yaxshi a’zolarini to’plab boradi. Faol o’quvchi-bilim olishga qiziquvchi, sinf, maktab obro’sini har doim saqlab qolishga harakat qiluvchi, o’qituvchining talablarini qo’llab-quvvatlovchi jamoa a’zolaridir. Shunday qilib, birinchi bosqichda pedagogning eng muhim vazifasi sinf jamoasining yadrosi bo’lgan faollarni shakllantirish va tarbiyalab ulug’vor vazifalarga intilishdan iborat. Ikkinchi bosqich. Faollar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun astoydil ishlash, ularni jipslashtirish va o’zaro aloqada ishlashga o’rgatish bilan tavsiflanadi. Jamoani boshqa a’zolariga ko’ra faollardan intizomga qat’iy amal qilishni ko’proq talab etish, ularni o’qishda va intizomda, jamoatchilik ishida ham boshqa o’quvchilarga namuna ko’rsatishga o’rgatish zarur. Buning uchun faollarni tez-tez yig’ish, muhim masalalar bo’yicha maslahat yig’ilishlarini o’tkazish, o’z maktabining ishlari hamda istiqbollari haqida suhbatlashish, ular bilan birgalikda kundalik masalalarni hal etish, faollar ichida rahbarlik ishiga layoqatli bolalarni tanlash vazifalari bajariladi. Faollarga beriladigan imtiyozlar adolatli bo’lishi va u o’quvchilar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, bu uning jamoa oldidagi xizmatlari natijasi ekanligini o’quvchilar his etishlari ko’zda tutiladi. Faollarga qo’yiladigan talablarning susayishi, o’rinsiz maqtovlar sinfda yomon vaziyatni keltirib chiqaradi. Pedagoglar faollar e’tiborini jamoa tizimlari bilan ishlashga qaratadilar. Faol boshlang’ich jamoaga tayangan holda maktab hayotiga ko’plab o’quvchilarni jalb etadi. Faollar rivojlanishning bu bosqichida hali bo’sh va beqaror bo’ladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay pedagog tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ularga tayanadi. Bu bosqichda sinf rahbarining muhim vazifasi faolni jamoa tizimlari bilan ishlashga o’rgatish jamoani yanada mustahkamlashdan iboratdir. Ikkinchi bosqichda pedagogning talablari faollarning jamoaga bildiradigan talablariga qo’shiladi. Pedagog faollardan barcha o’quvchilarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etish vositasi sifatida foydalaniladi, jamoaning birligini rivojlantirishga ko’maklashadi; faollar o’quvchilarga topshiriqlar beradi, ularning o’zi nazoratida amalga oshiradi va topshiriqlarni bajarishni talab etadi. Uchinchi bosqich. Jamoa hayotining barq urishi, jamoada o’zaro munosabatlar shakllanishi, jamoaning shaxsga ta’sir doirasini kuchayishi bilan tavsiflanadi. Faollar hamda o’z-o’zini boshqarish tizimlari tomonidan ta’sir etilgan ijtimoiy faoliyatning natijasida jamoa rivojlanadi. U yoki bu pedagogik talabni bajarish jarayonida o’quvchilar jamoa bo’lib ishlash tajribasini orttiradilar. Bu bosqichda o’quvchilar qo’llab-quvvatlaydilar. Pedagogning fikri yashirin shaklga kirib boradi. O’qituvchi shaxsiga sinf jamoasi orqali ta’sir etadi. Bunday pedagogik ta’sirlar natijasida o’quvchi shaxsi ham, jamoa ham tarbiyalanib boradi. Pedagogning har bir shaxsga qo’yadigan pedagogik talabi jamoaga qo’yadigan vazifalarga qaraganda ta’sirliroq, sezilarliroq bo’ladi. Uchinchi bosqichda o’zaro bir-biriga bog’liq ikki masala: jamoatchilik fikri va an’analarini yuzaga chiqarish hal etiladi. Bu bosqichda o’quvchilar o’rtasida o’zaro do’stlikni shakllantirish katta ahamiyatga ega. Pedagogning o’quvchilarga munosabati ham nihoyatda do’stona, samimiy bo’lishi kerak. Bu davrga kelib sinf rahbari tarbiyalanuvchilarning xarakteri, qiziqishi, talabi bilan tanish, ruhiy holatini yaxshiroq biladigan bo’ladi. Jamoani rivojlanishi chinakam o’z-o’zini boshqarish, ko’p qirrali jamoa faoliyati va axloqiy qimmatga ega bo’lgan jamoa munosabatlari bilan izohlanadi. Bunday jamoada shaxsni tarbiyalash jarayoni iroda, o’z-o’zini anglash, burch hissi, shaxsning shunga o’xshash axloqiy fazilatlarini takomillashtirish, kamchiliklarni o’z-o’zini tanqid ruhida baholash va ularni tuzatishni, o’z qadr-qimmatini anglab yetish (o’z-o’zini tarbiyalash rejasini ishlab chiqish, o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini egallash, o’z-o’ziga majburiyat qabul qilish, o’z-o’zini nazorat qilish), ijtimoiy-foydali faoliyatda o’z-o’zini tarbiyalash ishini amalga oshirishga intilishni uyg’otadi. Bunday jamoada shaxsning ijobiy fazilatlari to’la ravishda ro’yobga chiqadi. Jamoaning shaxsga nisbatan yuksak talabchanligi kuzatiladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling