O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi
Download 0.99 Mb.
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va fonksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlami, qobiliyatlami rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taaliuqli maxsus bilimlami o‘zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - o’quvchilaming jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil boiib, pedagogikada qator tasniflar * mavjud. Jumladan, V-A.Slastenin, I.F.fsaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) bolalaming jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funktsional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash; 2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlami rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; 3) hayotiy muhim harakatga oid ko'nikma va malakalami shakllantirish ^ bolada maxsus harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalami tarkib toptirish. Harakatga doir tasawurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega boladi; 4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ ulotlariga barqaror qiziqish va ehtiyojlami tarbiyalash. Soglom turmush tarzining asosida bolaning doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va bolalaming jismoniy mashg‘ulotlarga faol munosabati natijasida vuzaga keladi; 5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiyena sohalariga oid minimum nazariy bilimlarni egailash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida, jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkam! as hdag i ahamiyati haqida aniq tasawurlarga ega bo'lishi zarur. B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 1) rivojlantiruvchi - bolalaming jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash, 2) tarbiyaviy - bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlami tarkib topishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Soglom tanda - sog‘ aql»; 3) ta’Iimiy - bolalaming jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish; 4) soglomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlami tarkib toptirish, ularning baquwat va tetiklashuviga ko‘maklashish; 5) umummadaniy - bo‘sh vaqtni mazmunli va foydaii o‘tkazish. I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari V.A.Slastenin, IF. Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funksiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan: 1) o’quvchilarda estetik sifatlami tarbiyalash; 2) o’quvchilarda axloqiy sifatlami tarbiyalash. Jismoniy tarbiya vositaiari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil bo‘lib, ulami umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jasmoniy mashqlar. Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sogliqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish, hayotiy sharoitlaming o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi. Gigiyenik shart-sharoitlar. Bolalaming jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik shart-sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilami hisobga olish zarur. Bolalaming jismoniy jihatdan tarbiya)ashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigiyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg‘aluvchan bolalaming aksariyati yomon uxlashadi. Bunday bolalaming uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi. Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi kerak. U yengil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o'tkazadigan bo'lishi, oson yuviladigan, yaxshi ho‘llanadigan, namni shimadigan, elastik va badanni bezovta qilmaydigan bo'lishi lozim. Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyalda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqiliik, madaniy-gigienik, stol atrofida o'zini to'g'ri tutib o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalaming yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo'lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling