Ko’ylakbop gazlamalar assortimenti . Beshinchi guruh. Ko’ylakbop gazlamalar. Ip gazlamalarining assortimentida bu guruh asosiy, eng katta va ko’p xildagi gazlamalardan tashkil topgan. U to’rt guruhchaga bo’linadi: a) kuzgi; b) mavsumiy; v) qishki; g) sun’iy ipakni qo’shib ishlab chiqarilgan. Kuzgi va mavsumiy ko’ylakbop gazlamalar assortimentida hamisha yangi turlari ishlab chiqariladi.
Ko’ylakbop gazlamalarning ko’pi karda yigirishda olingan yakka va pishitilgan iplardan ishlab chiqariladi. Eng sifatli gazlamalarda esa yo’nalishlarining birida yoki ikkalasida qayta tarash usulida olingan iplar ishlatiladi. Ba’zi gazlamalarda shakldor iplar ham ishlatiladi. Gazlamalarning tashqi ko’rinishini va xususiyatlarini yaxshilash uchun paxta ipiga kimyoviy tola yoki iplari qo’shiladi, mayda gulli o’rilishlar ishlatiladi, pardozlashda maxsus ishlovlar beriladi.
Kuzgi guruhchadagi gazlamalar jumlasiga yupqa, yengil, havo o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan gazlamalar kiradi: batist, markizet, mayya, vol’ta, vual’, kiseya kabi gazlamalar.
Batist - juda mayin, yupqa, ishqoriy ishlov berilgan, polotno o’rilishdagi gazlamadir. U oqartirilgan, ochiq rangga sidirg’a bo’yalgan, tagi oq rangda mayda gulli qilib pardozlangan holda ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi 68-75 g/m2, eni 80 sm, ishlab chiqarish uchun qo’llanilgan ipining yo’g’onligi qayta tarash usulida olingan 10 teksli ip tanda iplari bo’yicha, 8,5 teksli ip arqoq iplari bo’yichadir
Mavsumiy ko’ylakbop gazlamalar karda va qayta tarash usuli bilan olingan iplardan ishlab chiqariladi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar kuzgi guruhchadagilarga nisbatan bir oz qalin, zich va og’irroqdir (yuza zichliklari 220 g/m2 gacha bo’ladi). Mavsumiy ko’ylaklarga mos keladigan gazlama turlari quyidagilar: shotlandka, sherstyanka, kashemir, poplin, tafta va hokazolar.
Sun’iy ipakni qo’shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalar assortimenti. Sun’iy ipakni qo’shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning tandasida paxta tolasidan olingan ip, arqog’ida esa viskoza yoki atsetat yaltiroq kompleks iplari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o’rilishda ishlab chiqariladi. SHu sababli bu gazlamalarning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo’ladi. Pardozlanishi - sidirg’a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan holda bo’ladi. Enlari - 62-95 sm. Yuza zichligi - 95-110 g/m2. Bu guruhchaga “ko’ylakbop”deb atalgan gazlamalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |