O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-qurilish instituti


Download 0.93 Mb.
bet1/5
Sana14.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1198692
  1   2   3   4   5
Bog'liq
qurish laboratoriya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUXANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

AVTOMOBIL YO‘LLARI VA AERODROMLAR” KAFEDRASI”

AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH” FANIDAN

LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH UCHUN

USLUBIY KO‘RSATMA

NAMANGAN-2022
Ushbu uslubiy ko‘rsatma 5340800-“Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” mutaxasisligi uchun “Avtomobil yo‘llarini qurish” fani bo‘yicha ishchi o‘quv dasturga muvofiq tuzilgan.

Tuzuvchilar: St.o‘q I. Mutalibov


St.o‘q S.Mahmudov

Taqrizchi: dots. A. Habibullayev

Ushbu uslubiy ko‘rsatma «Avtomobil yo‘llari va aerodromlar» kafedrasining
“___” ________ 2022 yildagi yig‘ilishida (majlis bayoni «№__») ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Uslubiy ko‘rsatma “Muhandislik kommunikatsiyalari” fakulteti ilmiy-uslubiy kengashining 2022 yil «__» _________ ___sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan. (ro‘yxat raqami №___)


Uslubiy ko‘rsatma institut ilmiy-uslubiy kengashining 2021 yil «__» _________ ___sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan. (ro‘yxat raqami №___)



KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng metrologiya, standartlash va sifatni nazorat qilish xizmati rivojlanishi va takomillashuviga katta e’tibor qaratilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan fanlar o‘zaro yaqin faoliyatda bo‘lib, tadqiqot va ishlab chiqarish jarayonlarining jadallashuvini ta’minlaydi, hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga, uning davlat va iste’molchilar uchun xavfsizlik darajasini ta’minlashga imkon beradi.
Ilmiy-texnikaviy istiqbollar asosida tarmoqning rivojlanishi yo‘lidagi muammolarni hal qilish uchun metrologiya, standartlash va sertifikatsiyaning roli va ahamiyati katta. SHu munosabat bilan mazkur fanning ilmiy-nazariy asoslarini, uslub va amaliy yutuqlarini chuqur o‘rganish jarayoni oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida injener-texnik xodimlarni tayyorlashning ajralmas bo‘lagi bo‘lib qolishi muqarrardir.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan xamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda tahminlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan xozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u xox tabiiy, xox ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li yetgan, faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan xamda ko‘zlangan maqsadlarga erishishi mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. SHu sababdan metrologiya asoslarini bilish, uni tushunish va amaliy qo‘llash texnik-mutaxassislar uchun ertangi kunning, fan va texnikaning kelgusi ravnaqini tahminlashda muhim mezonlardan biri bo‘lib hisoblanadi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling