Yo’l to’shamasining haqiqiy umumiy èlastiklik moduli quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
E = p D (1 - μ2)/l,
Bu erda: р – qoplamaga ta’sir qilgan g’ildirak bosimi, MPa, A guruh transport vositalari uchun р = 0,6 MPa, B guruh transport vositalari uchun р=0,5 MPa; D – g’ildirak diametrining izi, m, A gurux transport vositalari uchun D = 0,33 m, B guruh transport vositalari uchun D = 0,28 m; l – èlastik ègilish, m; μ – Puasson koèffitsienti, μ = 0,3.
Ish unumdorligini oshirish uchun yo’ol to’shamasi ègilishini aniqlashda uzun bazali progibomer ishlab chiqilgan (2-rasm).
Uzun bazali richagli progibomer korpus tayanchiga 5 maxkamlangan o’qda aylanadigan yig’ma richagdan iborat. Richag 6 oldingi 7 va orqa 4 elkalardan tashkil topgan. Oldingi elkada sharnirli zoldir yordamida taglikka 11 biriktirilgan o’lchov o’zagi 9 joylashgan. O’lchov o’zagi richagda siquvchi vint 10 bilan qotiriladi. Orqa elkada kronshteynda 2 indikator 3 maxkamlangan.
O’lchov o’zagi taglik bilan orqa quyi g’ildirak qiyaliklari o’rtasiga avtomobil orqa o’q markaziga joylashtiriladi. Uchli tayanch tagligining 1 nishabli yuzasi indikator o’zagiga tegib turadi.
2-rasm. Uzun bazali richagli progibomer:
1 – tayanchli taglik; 2 - kronshteyn; 3 - indikator; 4 – richagning orqa elkasi; 5 -tayanch; 6 - richag; 7 – richagning oldi elkasi; 8 –orqa qo’sh g’ildirak; 9 - щup; 10 - siquvchi vint; 11 – o’lchov o’zagi
Aniqlangan natijalar 2-shaklga to’ldiriladi.
2-shakl
№
|
O’lchangan joy
PK yoki km
|
Amaldagi yukdan èlastik ègilish, mm
|
Ègilishdagi èlastiklik moduli
Ea=( PхD)*(1-µ2)/ l
MPa
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
5
|
|
|
|
6
|
|
|
|
.
Do'stlaringiz bilan baham: |