SB LSQini tiklash va uning voqelanishi.Boshqa lisoniy hodisa kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo’nalishida bo’lib, bu yo’nalish umumiylikdan oraliq ko’rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan;
[ W - W]
[Wmorfologik vosita - Wmorfologik vosita]
[ Wqaratqich kelishigi - W egalik qo’shimchasi]
[ Ismqaratqich kelishigi - Ismegalik qo’shimchasi]
[ Otqaratqich kelishigi - Otegalik qo’shimchasi]
[ Otatoqliqaratqich kelishigi - Otturdoshegalik qo’shimchasi]
[Karimning kitobi]
Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo’lsa, [Otatoqliqaratqich kelishigi - Otturdoshegalik qo’shimchasi] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Karimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy SB.
[Wqaratqich kelishigi - Wegalik qo’shimchasi = qaratuvchi-qaralmish]. Qolipda a’zolar [W] belgisi bilan berilgan bo’lib, bu muayyan so’z turkumi belgisi emas. CHunki bunda [W] unsurini to’ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so’z turkumi qatnashishi mumkin. SHuningdek, bu LSQning quyi bo’linishi uning tegishli so’z turkumi tomonidan to’ldirilishi asosida bo’lib, ular quyidagilar:
[Otqaratqich kelishigi - Otegalik qo’shimchasi=ot qaratuvchi+ot qaralmish] (kitobning varag’i);
[Otqaratqich kelishigi - Cifategalik qo’shimchasi=ot qaratuvchi+sifat qaralmish](daraxtning mo’rti);
[Sifatqaratqich kelishigi - Otegalik qo’shimchasi = sifat qaratuvchi + ot qaralmish] ((gulning) qizilining hidi);
Do'stlaringiz bilan baham: |