[Ismkelishik qo’shimchasi_Fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab xarakter kasb etadi va uni harakatga tortilgan yoki bog’liq ob’ekt (joy-xarakat) ko’rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [Ismkelishik qo’shimchasi_Fe’l] LSQining xususiy ko’rinishlarida alohida kelishik qo’shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.
Masalan:
[Ismtushum kelishigi_Fe’l =vositasiz ob’ekt-harakat];
[Ismjo’nalish kelishigi_Fe’l= vositali ob’ekt/hol-xarakat];
[Ismchiqish kelishigi_Fe’l= ajralish manbai/o’rin-harakat] va hokazo.
[Ism-Ot] LSQi.Bu LSQ SB uchinchi tip [W-W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi. [Ism-Ot] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
[Ot-Fe’l]
|
[Sifat-Ot]
|
[Olmosh-Ot]
|
[Son-Ot]
|
[Ravish-Ot]
|
[asal bola]
|
[yaxshibola]
|
[o’shabola]
|
[birinchibola]
|
[pinhonasuhbat]
|
[Ism-Ot] LSQi uzvlari o’zaro hech qanday morfologik vositasiz bog’langan, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy omil o’ta kuchsizlanadi. Ma’noviy omil esa birikuvni ta’minlovchi ustuvor omil maqomida bo’ladi: MJSH-MJSH. [Ism-Ot] LSQining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma’noviy munosabatini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo’ladi, LSQni yaxlit holda [Ism-Ot=sifatlovchi-sifatlanmish] tarzida ta’riflash mumkin.
Ma’lum bo’ladiki, LSQdan sintaktik shakl yasovchigina joy oladi. Lug’aviy shakl yasovchi esa LSQ uchun ahamiyatsiz, ikkiyoqlama tabiatga ega bo’lgan lug’aviy-sintaktik shakllar qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug’aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |