O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Kattani hurmat qil. Kattani


Download 329.72 Kb.
bet28/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

Kattani hurmat qil.

  • Kattani hurmat qilishni o’rgan.

  • Kattani hurmat qilish - yoshlarning fazilati.

  • Bolalarimizni yoshligidan kattani hurmat qilishga o’rgatishimiz zarur.

  • Yoshlarimizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri kattani hurmat qilishdir.

    Ko’rinadiki, vositasiz to’ldiruvchi 1-gapda kesimga, 2- gapda vositasiz to’ldiruvchiga, 3- gapda egaga, 4- gapda vositali to’ldiruvchiga, 5- gapda yana kesimga bog’lanib kelayapti.
    Demak, to’ldiruvchi fe’l bilan ifodalangan barcha gap bo’laklariga bog’lanadi va gap tarkibiga o’zi bog’langan bo’lak bilan yaxlitligicha kiradi. Bu kengaytiruvchilar o’zi birikayotgan so’z bilan so’z birikmasi hosil qiladi, biroq gap qurilishi bilan bevosita aloqador emas.
    Kesimlik kategoriyasi
    Gap bo’laklari (Pm) ma’nosi bilan uzviy bog’liq. SHu boisdan gap bo’laklarini ko’rib o’tish uchun bevosita gapning «jon»ini, markazini shakllantiruvchi vosita – kesimlik kategoriyasining tarkibi, ma’nolari va ifodalanish usullariga qisqacha sharh berishi zarur. Zero gap kengaytiruvchilari tushunchasi, ularni belgilash, shu asosda gapning struktur zaruriy va ixtiyoriy tarkibiy qismlarini ajratish gapning «yuragi», gapning gap ekanligini ta’minlovchi kesimlik kategoriyasi va uning ko’rsatkichi, ifodalanish xususiyati bilan uzviy bog’liq. SHu sababli, gapning gapligini, ya’ni bir nisbiy tugal fikrni boshqalarga yetkazish, ular tomonidan to’g’ri anglanishining eng muhim omili – bu nutq bosqichida nutq sharoiti, lisoniy bosqichda esa kesimlik kategoriyasi.
    Demak, kesimlik kategoriyasi fikrni shakllantiruvchi, uni tinglovchiga yetkazishning eng muhim lisoniy vositasi asosi.
    Kesimlik kategoriyasi. Kesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor (T), so’zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati – modallik (M), zamon (Z) va shaxs-son (SH) ma’nolaridan tarkib topadi. (Buni qisqacha shartli ravishda T, M, Z, SH deb belgilaymiz va qulaylik uchun keyingi o’rinlarda ana shu shartli qisqartmalardan foydalanamiz). Bu ma’nolar yaxlit holda voqelangandagina kesimlik kategoriyasi ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, SH ma’nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, modal so’zlarda mayl (modallik) ma’nosi bo’ladi. Kishilik olmoshlari va egalik qo’shimchalarida shaxs-son ma’nosi yetakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so’zlari (ha, yo’q) da, bo’lishli-bo’lishsizlik ([-ma], [0]) da tasdiq-inkor ma’nosi yorqin ifodalangan bo’ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o’rin-payt kelishigi shakli, ravishdosh va sifatdoshda zamon ma’nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida-alohida voqelanish bo’lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatda yaxlit sistem tabiatga ega bo’lmaydi. Zero kesimlik kategoriyasi mazkur alohida olingan kategoriyalarning yaxlitligi (sistemasi) dan iborat. Har qanday tizim – o’z tarkibiy qismlarining oddiy yig’indisidan kattaroq butunlik. CHunki T,M,Z,SH kategoriyalari kesimlik kategoriyasida birlashar ekan, bu butunlik tarkibiy qismlarida avval bo’lmagan, lekin sistema tashkil etganda tug’iladigan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, o’tgan yili o’qimagan odam birikuvidagi o’qimagan so’zshaklining birikuvchisi – o’tgan yili so’z kengaytiruvchisi (lekin gap bo’lagi emas). U o’tgan yili o’qimagan gapidagi o’tgan yili so’zshakli – gap bo’lagi (hol). Demak, birinchi qurilmadagi kesimlik kategoriyasi a’zosi emas, shu boisdan uning birikuvchisi (o’tgan yili) gap bo’lagi emas. Ammo ikkinchi qurilmada [-gan] kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo’lib, uning birikuvchisi gap bo’lagi. Gap kesimlik tarkibidagina gap bo’laklarini o’ziga tobelaydi. Bu uning butunlik tarkibida kasb etgan yoki namoyon bo’lgan belgisi.
    Kesimlik kategoriyasining nutqiy gaplarda voqelanishidagi ikki holatni farqlash lozim:
    1) kesimlik kategoriyasining grammatik (morfologik) shakllar orqali voqelanishi;
    2) kesimlik kategoriyasining semantik-funktsional ifodalanishi.
    Bundan kelib chiqqan holda gapni ikkiga ajratish mumkin:
    1) grammatik shakllangan gap;
    2) semantik-funktsional shakllangan gap.

    Download 329.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling