II.Egasiz gaplarning ikkinchi turi kesimdagi (Pm) ning xususiyatlari bilan bog’liq.
1. Kerak, lozim, mumkin, zarur, darkor, muhim, shart, joiz, farz kabi kesimlik so’zlari harakat nomlari bilan kesim mavqeida kelganda, egasiz gaplar vujudga keladi. Bunda (Pm) tarkibidagi uchta – mayl (modallik), zamon, inkor, tasdiq turli shakl va ma’nolarda bo’lib, ularning shaxs-son shakli III shaxs birlikda bo’ladi: 1. Mazkur masalada hammani qiziqtirayotgan barcha savollarga Respublika markaziy bankida va uning hududiy Bosh boshqarmalarida tashkil etilgan «Ishonch telefonlari» orqali batafsil javob olish mumkin. 2. Bu topshiriqni bajarish shart. 3. Ustozlar ishini har doim davom ettirmoq va rivojlantirmoq kerak.
Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so’zi (Pm) dagi mayl ma’nosi ifodalovchilari bo’lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma’nolarini ifodalovchi vositalar keladi.
Yuqoridagi gaplardan birining lisoniy struktur sxemasini keltiramiz
(Kesimi [fe’lning III shaxs shart mayli+bo’ladi] qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o’zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi: 1. Hosilni o’n-o’n besh kunda yig’ib olsa bo’ladi. 3. Bu ig’voning sabablarini tahlil qilsa bo’ladi. Bunda kesimlarning yig’ib ol, tahlil qil qismlari (W) (lug’aviy birlik) va [-sa bo’ladi] qismlari esa (Pm) voqelanishi.
Kesim ravishdoshning [-(i)b] shakli va bo’lmoq fe’lining turli ko’rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gap vujudga keladi: 1. Bu xatning mazmunini birovga aytib bo’lmaydi.(A.Qah.) 2. Falakka qo’l uzatib, shamsu anvorni olib bo’lmas. (Mashr.)Bu kesimlarda aytib bo’l, olib bo’l qismlari (W) va [-maydi], [-mas]qismlari [Pm ] voqelanishi.
III. O’zbek tilidagi atov gap – egasiz gapning o’ziga xos turi: 1. Keng sahro. Quruq cho’l. Suv manbalaridan darak yo’q. 2. Yoqimli ohang. Zavqli qo’shiqlar. Anorxon yo’llaridan to’xtab tinglaydi. (I.Rah.)Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg’otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo’yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi:
Keng sahro – Keng sahro edi.
Tun – Tun edi.
Demak, atov gap – hozirgi zamon ko’rinishidagi kesimdan iborat egasiz gap. Qiyoslang:
1. Navbahor, ochildi gullar, sabza bo’ldi bog’lar. (Muq.)
2. Hamon yodimdadir, gul chog’i erdi.(Uyg’., I.Sult.)
Z. Ko’rishgan maskanim, gul bog’i erdi. (Uyg’., I.Sult.)
Do'stlaringiz bilan baham: |