[ismqaratqich kelishigi + ...
uzvi tiklanadi.
So’z birikmasining ikkinchi uzvidagi farq va umumiyliklarni ham shu asosda aniqlaymiz:
Umumiylik
|
Farqlar
|
2.1. O’quv vositasi oti+III sh.egalik qo’shimchasi
|
kitob oti+im
|
2.2. Yozish mumkin bo’lgan narsa oti+III sh.egalik qo’shimchasi
|
daftar oti+i
|
2.3.. Rang sifati + III sh. egalik qo’shimchasi
|
qizil sifati+i
|
2.4. Mavhum ot + III sh. egalik qo’shimchasi
|
zavq oti+i
|
2.5. Joy oti + I sh. egalik qo’shimchasi
|
uy oti+imiz
|
2.6. Yozuv quroli + III sh. egalik qo’shimchasi
|
ruchka oti+si
|
Bu a’zoda ham farqlarni chetlashtirib, umumiy belgilarni olib qolamiz. Natijada
...+ismegalik qo’shimchasi]
umumiyligi tiklanadi. Har ikkala a’zoni birlashtirish natijasida [ismqaratqich kelishigi +ismegalik qo’shimchasi] umumiyligi tiklanadi. Bu umumiylik LSQ bo’lib, so’z birikmalaridan chetlashtirilgan mazkur farqlar LSQga aloqador emas.
LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o’xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o’ng tomonlardan iborat bo’ladi.
Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi= qaratuvchi-qaralmish] LSQi ham ikki – ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan tashkil topgan.
LSQning chap, ya’ni [ismqaratqich kelishigi+ismegalik qo’shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi.
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. CHunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so’z birikmalari namoyon bo’ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so’z va qo’shimcha vositasida ifodalangan, o’qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilish mumkin bo’lgan shakl tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |