O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Gapning shakllanishida leksik omil
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gapning shakllanishida morfologik omil.
Gapning shakllanishida leksik omil. Fikr tushunchalarsiz bo’lmagani kabi nutqiy gap asosida ham, avvalo, so’z yotadi. Zero gap asosidagi atov birligi – voqelangan leksema. Leksemaning guruhlanishida ham yetakchi omildan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyati yotishi bejiz emas. SHu boisdan tilshunoslikda gap bo’laklari va so’z munosabati ustuvor masaladan biri. Gap bo’laklari turli mustaqil so’z turkumi bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo’lagi uchun ma’lum bir so’z turkumi ko’proq xoslangan bo’ladi – semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo’lagi vazifasiga mos so’zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko’proq fe’l xoslangan» (I.I.Meshchaninov.) Ega, to’ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so’z keladi. Bu so’z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko’proq tobe bo’lak (ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita bo’lgan kelishik qo’shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko’proq fe’l kelganligi uchun kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg’otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko’proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin: har bir so’z turkumi muayyan gap bo’lagi vazifasiga ko’proq xoslangan bo’lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so’zlari ham kelaverganligi kabi, ma’lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. SHuning uchun ham so’zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo’lmagan asos vazifasini o’taydi. Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so’z, so’z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko’rsatkichi – kesimlik qo’shimchalari bilan shakllanganligi. Zero eng «kichik» gap –morfologik shakllangan atov birligi. Misollar: O’qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o’qituvchi, ishla) dan mahrum etilsa, bu o’z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl – [-dim] qoladi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so’z, SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl. Vositasiz to’ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat’iy va xususiy bo’lsa, kelay, o’qituvchiman kabi nutqiy birliklardagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish ham shunday. Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi – uning bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo’ladigan murakkab tabiatga egaligi. Aniqrog’i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi – shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iborat. O’qidim gapida kesimlik shakli maxsus ko’rsatkichlarga ega bo’lsa, Bu yer shahar gapida u nolь shaklli. Zero bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli ma’nolari anglashilib turibdi. Morfologik shakldan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakligina sintaktik qurilishga daxldor, undan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga tegishli. CHunki, odatda, kesimlik kategoriyasisiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligi+kesimlik qo’shimchalari» tarzida. Aloqa-munosabatning boshqa shakli (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so’zlarni bog’lash uchungina xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling