O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Gapni shakllantirishda ohangning roli
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)
Gapni shakllantirishda ohangning roli. Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri – uning tugallangan ohangga ega bo’lishi.
Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero gap va gap bo’lmagan nutqiy hodisa (so’z, SB) larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo’lmagan ohangga ega bo’lishi. Masalan: 1.Kelgan o’quvchi. 2.Kelgan – o’quvchi. Bu nutqiy hodisaning birinchisida ohang ko’tariluvchi, ikkinchisida esa tushuvchi. Ko’rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo’lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo’lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o’xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma’nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. SHu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangan. Bir so’zning o’zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. Qiyoslang:1.Qish. 2.Qish ... Demak, so’z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo’lib, gap tusiga kiradi. Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tipini belgilashda ham muhim. Misol sifatida bir so’zni olaylik. Qiyoslang: A’lochi... A’lochi. A’lochi. ! A’lochi. ? A’lochi. !? Ma’lum bo’ladiki, so’zning atov birligimi yoki gap, gap bo’lsa, qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko’rsatmoqda. So’z yoki SB atov birligi sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning turlarini farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko’rsatmoqda. Voy, jonim! gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra tiplari (darak, so’roq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko’ra turlarini belgilashda, leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo’lishi shart. Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. Men shaharga boramanmi?Men shaharga boray. Bu gaplarda so’zlovchining maqsadi har xil bo’lganligi bois, ular turlicha shakllangan hamda gapning darak, so’roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohangga ega bo’lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo’lganda ham, ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo’lsa-da, so’zlovchining maqsadi va ohangi har doim muvofiq. Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, SHaharga boraman! gapida xabar bilan so’zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan». Ohang qo’shma gap tarkibiy qismlarini bog’lashda ham namoyon bo’ladi. Ko’pincha, u grammatik vosita o’rnini bosish darajasiga ko’tariladi: Biz ishonamiz - ko’nglimiz to’q. Bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasida qo’llangan. Gap bo’laklari orasidagi munosabatni ko’rsatishda ham ohang muhim rolь o’ynaydi. Men – men, sen – sen gaplarida gap bo’lak (ega-kesim) larini farqlashda va ular orasidagi munosabatni ko’rsatishda ohang hal qiluvchi rolь o’ynaydi. Yoki Halim, ukam o’qishga kirdi va Halim ukam o’qishga kirdi gaplarida Halim so’zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og’zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi. Gapning sintagmalarga bo’linishi va aktual bo’linish hodisalarida ohangning roli katta. Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: gap nisbiy tugal fikr anglatadi; gap grammatik shakllangan bo’ladi; tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo’ladi; axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling