O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- [SHMJ-MSHJ]
- [SHMJ-MSHJ] va [MJSH-MSHJ]
- Kitobni
- To’ldiruvchining ma’no turlari.
Holning kesimga bog’lanish usuli –bitishuv va boshqaruv.
Bitishuv aloqasidahol vazifasida tobe uzvlik vazifasiga xoslangan so’z keladi. Ular sifat, ravish, son, olmosh va taqlid: 1. Vazifani xo’b uddaladi (sifat). 2.Qo’qqisdan kulib yubordi (ravish). 3.G’o’ng’ir-g’o’ng’ir suhbatlashdi (taqlid) . 4. Bir gapirib, o’n kular (son). 5. Kun botguncha kelmadi (fe’l). Ot, fe’l, olmosh hol vazifasida kesimga boshqaruv usulida bog’lanadi. Buning uchun ot kelishik shakli va ko’makchi, o’xshatish, fe’l esa ravishdosh va o’xshatish shakliga ega bo’ladi: 1. SHahardan qaytdi. 2. SHoshilib gapirdi. 3. Odamdek yashadi. 4. Uxlagandek yotardi. Holning kesimga birikishida bog’lanish omillari munosabati quyidagicha bo’ladi: 1. [SHMJ-MSHJ]'>[SHMJ-MSHJ]: 1. Uydan keldi. 2. Go’dakday kuldi. 3. SHoshilib gapirdi. 2. [MJSH-MSHJ]: 1.Tez o’qirdi. 2.Qo’qqisdan kulib yubordi. 3.CHindan qiynaldi. Demak, hol va kesimning bog’lanishida birikuvchi unsurlarda bog’lanish omillari munosabati ikki xil kombinatsiyali bo’ladi: [SHMJ-MSHJ] va [MJSH-MSHJ]. Bu hol va kesim birikuvida LSQlardan biri [Wmorfologik shakl -WPm] va ikkinchisi [W-WPm] ekanligini ko’rsatadi. Aytilganidek, so’z kengaytiruvchisi gapning konstruktiv bo’laklari sirasiga kirmaydi, balki gapdagi so’zlarning lug’aviy ma’nosini muayyanlashtiruvchi vosita sanaladi. To’ldiruvchi ham nutqiy gap qurilishida so’z kengaytiruvchisi sifatida ishtirok etadi va fe’l bilan ifodalangan har qanday bo’lak yoki bo’lak qismining ma’noviy valentligini to’ldiradi. To’ldiruvchi faqat kesimgagina bog’lanmaydi. Quyidagi gaplarga diqqat qiling: 1. Kitobni olib kel. 2. Kitobni olib kelishni unutma. 3. Kitobni keltirish sening vazifang. 4. Kitobni tushunishning yaxshi tomonlari ko’p. Ko’rinadiki, to’ldiruvchi birinchi gapda kesimga (olib kel), ikkinchi gapda to’ldiruvchiga (olib kelishni), uchinchi gapda egaga (keltirish), to’rtinchi gapda aniqlovchiga (tushunishning) bog’langan. Kesimga bog’langanda ham undagi (Pm) ma’nolariga emas, balki W ga «tortiladi» - uning ma’nosini muayyanlashtirishga xizmat qiladi. To’ldiruvchi qaysi gap bo’lagiga aylanishidan qat’i nazar, shu bo’lak ifodalanayotgan fe’lning ma’nosini muayyanlashtiradi. To’ldiruvchi so’z kengaytiruvchisi bo’lganligi bois, u kengaytirayotgan ma’nosi muayyanlashayotgan so’z gap bo’lagi maqomiga ega bo’lmasligi ham mumkin. Yuqorida aytilganidek, kesim, ega, hol gapning konstruktiv bo’laklari bo’lib, to’ldiruvchi va aniqlovchi bo’lakning bo’laklari sifatida keladi. Bu, ayniqsa, kengaygan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi gap bo’laklari modeliga ega bo’lganda, yaqqol ko’zga tashlanadi. E’tibor bering: 1. SHalola kitobni keltirdi. 2. Kecha kitobni keltirgan SHalola bugun kelmadi. Birinchi gapda kitobni to’ldiruvchisi kesimga bog’langan. Ikkinchi gapda esa aniqlovchiga (keltirgan) tobelangan. Birinchi gapda to’ldiruvchi kesim (keltirdi) ning emas, balki uning tarkibiy qismi bo’lgan keltir fe’li ma’nosini izohlagan va gap bo’lagining bo’lagiga daxldor. Ikkinchi gapda esa aniqlovchi (so’z kengaytiruvchisi) ning kengaytiruvchisi vazifasida kelgan. To’ldiruvchi o’zi bog’lanayotgan fe’lning ob’ekt valentligini to’ldiradi va, shunga muvofiq ravishda, uning mazmunidan shaxs/predmetlik ma’nosi anglashilib turadi. To’ldiruvchining ma’no turlari.To’ldiruvchi o’zi birikayotgan fe’lning tabiatiga ko’ra vositali va vositasiz turga ajraladi. Vositasiz to’ldiruvchi bilan birikish faqat o’timli fe’lga xos. SHu boisdan vositasiz to’ldiruvchi – o’timli fe’lning ob’ekt valentligini to’ldiruvchi so’z kengaytiruvchisi. Vositasiz to’ldiruvchi vazifasida bosh yoki tushum kelishigidagi so’z keladi: 1.Bosh kelishikdagi vositasiz to’ldiruvchi: 1. Bunda bulbul kitob o’qiydi. 2. Bunda qurtlar ipak to’qiydi. 3. Bunda ari keltiradi bol, Bunda qushlar topadi iqbol. 2. Tushum kelishigidagi vositasiz to’ldiruvchi: 1.Sen bahorni sog’inmadingmi? 2. Har bir tuki kiyimlarini teshib chiqib ketgan edi. Vositasiz to’ldiruvchi vazifasidagi so’z turli-tuman ma’nolarni ifodalaydi. Vositasiz to’ldiruvchi o’timli fe’lga bog’lanadi deyish o’timli fe’l vositali to’ldiruvchini qabul qila olmaydi degani emas. O’timli fe’llar ham vositali, ham vositasiz to’ldiruvchini o’ziga biriktiradi. O’timsiz fe’llar esa faqat vositali to’ldiruvchilarnigina tobelaydi. Vositasiz to’ldiruvchi bevosita harakatni o’z ustiga olgan predmetni anglatsa, vositali to’ldiruvchi harakatni qamrab olgan, lekin harakatga daxldor bo’lmagan predmetni ifodalaydi. Vositali to’ldiruvchi turli grammatik ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. jo’nalish kelishigi: Senga oldim. chiqish kelishigi: Sendan oldim. o’rin-payt kelishigi: Menda qoldi. ko’makchi: Sen uchun oldim. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling