O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
To’ldiruvchining tuzilish turlari
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlovchining ifodalanishi.
- Ona yerning
To’ldiruvchining tuzilish turlari. Boshqa bo’lak kabi to’ldiruvchi ham sodda yoki murakkab bo’ladi:
1) sodda to’ldiruvchi bir so’z yoki bir so’zga teng birlik bilan ifodalanadi: 1. 2. U yana Pushkinga murojaat qildi. 3. 2)murakkab to’ldiruvchi kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi: 1. 2.3. Tevarak-atrof qushlar chug’uriga, anvoyi gullar isiga to’lib ketdi. Izohlanayotgan fe’lning bo’sh o’rnini to’ldirishda sodda to’ldiruvchi ham, kengaygan to’ldiruvchi ham bir xil mavqega ega bo’ladi – u qancha kengaygan bo’lmasin, baribir bir o’rinni to’ldiradi. Bir so’zdan iborat to’ldiruvchiga ham, bir necha so’z bilan kengaygan to’ldiruvchiga ham fe’l valentligidan bitta bo’sh o’rin «ajratilgan». Aniqlovchi ot bilan ifodalangan, shuningdek, bo’lak yoki bo’lak bo’laklarining, undalma yoki kirish birikmalarining kengaytiruvchisi. To’ldiruvchi kabi aniqlovchi ham so’z kengaytiruvchisi sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lug’aviy valentligini to’ldiradigan vosita sifatida namoyon bo’ladi va gap konstruktiv tuzilmasidan o’rin egallamaydi. Uning lisoniy sathga aloqadorligi – muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqelantirishi. Aniqlovchi so’z kengaytiruvchisi ekan, u istagan gap bo’laklariga tobelanishi mumkin: 1) kesim aniqlovchisi: Nilufar a’lochi talaba; 2) ega aniqlovchisi: Kimninggapi to’g’ri; 3) hol aniqlovchisi: So’lim va xushhavo vodiyda o’rnashdilar; 4) to’ldiruvchi aniqlovchisi: Bizning yorni ko’rgan bormi 5) undalma aniqlovchisi: Xayr endi, yashil vodiy, xushmanzara tog’. Aniqlovchi mustaqil holda biror bo’lakka bog’lanishi ham, kengaytiruvchilar tarkibida kelishi ham mumkin. Qiyoslang: Bir yonda lojuvard Bahri Muhit bor, Bir yonda za’faron Sahroyi Kabir. Bir yonda oq sochli tog’lar purviqor Sening toleinga o’qiydi takbir. Misralardagi lojuvard so’zi Bahri Muhit (ega), za’faron so’zi esa Sahroyi Kabir (kesim) so’ziga aniqlovchi bo’lib, bo’laklar kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo’lgan. Uchinchi misradagi sochli so’zi tog’lar (ega) so’ziga tobelangan bo’lib, o’z navbatida oq so’zini o’ziga tobelagan. Aniqlovchining ifodalanishi. Aniqlovchi gapda turlicha ifodalanishga ega. Aniqlashning o’ziga xosligiga ko’ra, aniqlovchining ifodalanishi ham, shunga muvofiq, uning kengayuvchi so’z bilan sintaktik aloqasi ham turlicha bo’ladi. Predmetning qandayligi, tusi, xususiyati, maza-ta’mi, shakli, tabiati kabilarni muayyanlashtirish lozim bo’lganda aniqlovchi sifat, sifatdosh, ba’zan ot turkumidan bo’lgan so’z bilan ifodalanadi. Biror shaxs yoki predmetga qarashlilikni anglatish zaruriyati bo’lganda aniqlovchi ot yoki ot o’rnidagi so’z bilan ifodalanadi. SHunga ko’ra, aniqlovchi ikki xil bo’ladi: 1) belgini muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (sifatlovchi); 2) qarashlilikni muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (qaratuvchi). Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi: 1) sifat bilan: A’lo mamlakatning a’lo farzandi, bilib qo’yki, seni Vatan kutadi; 2) cifatdosh bilan: Oqar daryo oqmasdan qolmas; 3) ravish bilan: Kechagi noxush manzarani bir umr unutmasa kerak; 4) son bilan: O’ninchi yillarning sargardonligi; 5) belgi aniqlovchisi (sifat vazifasidagi) ot bilan: anor yuz, oltin kuz; 6) olmosh bilan: Qaysi yuzim bilan unga qarayman? Qaratuvchi aniqlovchi quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi: 1) ot yoki ot o’rnidagi so’z: 1. Ona yerning otashqa’ridan «o’g’lim», degan nido keladi.(E.Voh.) 2. Mening ikki onam bor,ikkisi ham mehribon; 2) otlashgan so’z bilan: 1. Ko’pning duosi ko’l. 2. O’qiganning tili ko’p uzun bo’ldi. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling