O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet83/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

UYUSHIQ BO‘LAKLI GAPLAR
71 - mashq. Matndagi uyushiq bo‘lakli gaplarni aniqlang. Gapning
qj-ysi bo'laklari uyushganligini belgilang.

Yozgi ta’tilda Munisxon akasi bilan Qrimga ketib, Saidiy shaharda yolg‘iz qoldi. Lning boradigan yeri, so‘zlashadigan kishisi yo'q: kuni bilan hujrasida o‘tirib turli yozuvchilaming maqtalgan asarlarini o‘qish va Ыкоуа yozish bilan vaqtini o‘tkazar edi. Yana birmuncha she’r va hikoyalarini o‘sha jurnalga yubordi.
Bu jurnal yozuvchilarni uch turga bo‘lib, asarlarini taqdim qilardi: talantli shoirlar, tarbiya va kengashga munosib yosh qalamkashlar va havaskor yozuvchilar. Saidiy esa so‘nggisiga ham kirmas, uning ismi mudom oxirgi sahitada «bosiimaydi» so‘zi bilan zikr qilinardi. Saidiy umidsizlanmadi, chunki o‘zi yolg‘iz emas, yana boshqa yigirmalab ismlar ham bor edi. U o‘zini tarbiya va kengashga munosib darajaga ko‘tarish uchun juda ko‘p kitoblar o‘qidi, bir necha oy ichida ikki yuzdan ortiq badiiy asarlarni o‘z ichiga olgan kutubxonaga ega bo'ldi (A.Qahhor).
72 - mashq. Berilgan misollar orasidan uyushiq bo‘lakli gaplarni
ajratib, ular qaysi bo'lak ekanligini ayting.

1. Qashqarcha kumush obdasta ko'tarib keiayotgan semiz oftobachi har o‘n qadamda bir to‘xtab qolardi (P.Qodirov). 2. Deraza oldiga ekilgan olchalar va giloslardan shovullab xazon to'kildi (P.Qodirov). 3. Mahalla machitining minorasidan bobomning baland, toza, yangragan ovozi eshitiladi (Oybek). 4. O'zi Samarqandga qarab yo‘lga chiqish oldidan tiniqib olish maqsadida daryo bo‘yidagi chorbog’ tomon ketdi (X.Davron). 5. Muqaddas teskari qarab turgan bo‘lsa ham, men uni darrov tanidim (O.Yoqubov). 6. Yomonlikka adolat, yaxshilikka yaxshilik bilan javob berishga to‘g‘ri keladi (X.Davron).

73- mashq. Badiiy asardan uyushiq ega va uyushiq kesimli gaplarga oltita misol to‘plang.
74- mashq. Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan uyushiq bo'lakli gaplarga keltirilgan misollarni tahlil qiling.
1. Ayriliq, cheklanish, iztirob damlarida inson bitta maqsad bilan yashaydi. 2. Shu zaylda kulgi bilan, qo'shiq bilan ish davom ctadi. 3. Mirtemir jon-tani bilan, vujud-vujudi bilan, sabr-bardoshi, o‘y-tuyg‘ulari bilan shoir edi. 4. U erta bilan Ko'kcha bozoriga borib bolalarga qatiq, qaymoq, issiq non xarj qilib kelardi. 5. Ularning ijod jarayonlarini, xususiyatlarini, xalq og‘ziga tushib qolgan qo'shiqlarini, har bir xonadonning mulki bo'lib qolgan kitoblarining qay tariqa yaratilganini tarixga qoldirishimiz kerak. 6. Bu she’r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so‘z san’atkorligini, hayot hodisalarini nihoyat chuqur bilishini namoyish qilgan edi. 7. O'.Umarekovning fikr doirasi kengligi, ko‘p o‘qiganligi, o‘zini tutishi, odobi unga yoqdi.
75 - mashq. Berilgan misollar orasidan uyushgan aniqlovchi va
uyushgan to'lidruvchilami ajrating. Bu uyushgan bo'laklar qanday
vositalar orqali bir-biri bilan birikkanligini tushuntiring.

1. O‘ktam O‘zbekistonning tabiatini, paxtasini va xilma-xil mevalarini ta’rif etar edi (Oybek).*2. Ko‘katlar, gullarning hidi dimoqqa gup etib urar edi. 3. Tip-tiniq, musaffo Andijon osmonini to'ldirib yulduzlar porlardi (P.Qodirov). 4. Baland teraklar, serquloch qayrag‘ochlarning uchlarida yulduzlar chaman-chaman yonadi (Oybek). 5. Hamidaxon goh singlisiga, goh To'tiqizga qarab quvonar edi. 6. U kosiblar, kambag‘allar, soatsozlar, kulollar bilan suhbat qiladi; sulhdan, hayotdan, ishdan so‘zlaydi (Oybek). 7. Ko‘klamning mayin shabadalari ko‘m-ko‘k yaproqlarni asta tebratmoqda.
76 - mashq. Berilgan misollardagi ko‘p nuqta qo'yilgan o‘rinlarga
gapning mazmuniga qo‘yib o‘zingiz uyushgan bo'laklarni qo‘shib yozing
va qanday bo'lak uyushganligini belgilang.

1. Ertatongda turib kitob va ...ni papkaga joylab o‘qshga otlanardi. 2. Biz keng va ... dalalarda yayrab dam oldik... 3. Maktab binosi orqasiga ekilgan olma... va ...ni doim o‘zimiz parvarish qilardik. 4. Ukam qushlarni

juda yoqtiradi, shuning uchun u sa’va, mayna va ...laming suratini berilib chizadi-da, bizga ko‘rsatib ... 5. Qishlog'imiz o‘rtasidagi katta va ... anhor doim sokin va ... oqardi. 6. Onam o‘zlari bilgan ertaklarni bizga zavqlanib... so'zlab berar sdilar.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling