SODDA GAP SINTAKSISI BO‘LIMINI TAKRORLASH
UCHUN MASHQLAR
85 - mashq. Matndagi berilgan sodda so‘z birikmalarini aniqlang.
Ularning tarkibida qanday sintaktik aloqa (moslashuv, boshqaruv va
bitishuv) mavjud ekanligini ayting.
Erta bahor edi o'shanda. Maysalar endi bosh ko‘tarib sabza bo'lgan, nihollar nish ura boshlagandi. Birdan sovuq shamol turib, yomg'ir yog‘a boshladi, keyin qorga aylanib, hammayoqni qish libosiga burkadi-qo‘ydi.
Oppoq qorga burkanib olgan azim tog‘ cho‘qqilari, qir-adrlar, archazor yonbag‘irlar xuddi yana qaytadan uyquga ketgandek jim yotibdi. Bunday kezlarda tabiat o‘z salobati, hech kimga bo'ysunmaydigan qonuniyatlari bilan butun borliqni ana shunday jimjitlikda ushlab turgandek tuyuladi kishiga. Daraxtlar bo‘lsa, ustidagi qorko‘rpasini silkitib tushirib yuborsa sovuq urib ketadiganday mayishib-egilib bo‘lsa ham o‘zini tutib turgandek (M.Qoriyev).
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
86 - mashq. Keltirilgan misollar orasidan ega ergash gapli qo‘shma
gaplarni ajrating. Ergash gap bosh gap bilan qaysi xil biriktiruvchi vosita
orqali bog‘langanini ayting.
1. Har kishi nafsining asiri bo‘lsa, u ojizlar mulkiga cho‘zadi qo‘lin.
Kimda-kim sening aybingni yuzingga aytsa, u sening haqiqiy do‘sting.
Kimki o‘z vataniga sadoqatli bo‘lsa, u doim xalq olqishida bo‘ladi. 4. Kimki bilimdonligi va donoligini ko‘z-ko‘z qilsa, unda bilimdonlik ham yo‘q, donolik ham yo‘q. 4. Kim jumlani buzib gapirsa, uning fikri ham chalkash bo‘ladi. 6. Qaysi kishi maqtanchoq bo‘lsa, o‘sha kishining ko'ngli harvaqt xijolatda bo'ladi. 7. Kimki jinoyatning oldini olishga imkoni bo‘laturib, uni qilmasa, u jinoyatni rag‘batlantirgan bo‘ladi. 8. Kimda-kim ota-onasini rozi qilsa, unga tole yor bo‘ladi. 8. Kimki jinoyat qilsa, u albatta, jazosiz qolmaydi.
87 - mashq. O'zingiz bironta badiiy asar bo'yicha ega ergash gapli qo‘shma gaplarga beshta misol toping. Ular tarkibidagi komponentlar qanday biriktiruvchi vosita orqali birikkanligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |