O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Berilgan misollarda kesim ergash gapli qo‘shma gaplarni aniqlang va ular tarkibida qo'llangan biriktiruvchi vositalarning tagiga chizing


Download 329.72 Kb.
bet88/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

88 - mashq. Berilgan misollarda kesim ergash gapli qo‘shma
gaplarni aniqlang va ular tarkibida qo'llangan biriktiruvchi vositalarning
tagiga chizing.

1. Yana bir tilagimiz shuki, yaxshilaming ezgu niyati o‘ziga yo‘ldosh bo‘lsin. 2. Afsuslanadigan joyi shuki, bu e’tirozni o'zimdan boshqa hech kim bilmas edi. 3. Mavzu jihatdan Abdulla Qodiriy ijodi shundayki, yozuvchidan xalqimizning o‘tmish tarixini saboq bo‘larlik hollarni topib tasvirlashini istaymiz. 4. Mening farmonim shuki, Shamsibek Ismoil o‘g‘lining zavjasi tikkan falak tasviri barchaning uyida bo‘lmoqlig‘i darkor (T.Malik). 5. Maqsadimiz shuki, yurtimiz bayrog‘i doim sarbaland tursin. 6. Hayratlanarlisi shuki, bir vujudda to'plangan G‘ayrat, aqlu farosat, sadoqat va hokazolar o‘sha onda unga pand beradi. 7. Tilagimiz shuki, loqaydlik degan balodan tezda qutilaylik.
89 - mashq. Berilgan misollami qaysi xil ergash gapli qo‘shma gap
ekanligini aniqlang. Komponentlami biriktiruvchi vositalarni belgilang.

l.Yaxshisi shuki, meni o‘zingiz bilan safarga olib keting. 2. Qizig‘i shuki, men uni ovozidan ham tanimay qoldim. 3. Kimki halol mehnat qilsa, u rohat ko'radi. 4.Kimki zo‘r ishlarga layoqatli bo‘lsa, u doim tilini tiygan bo‘ladi. 5. Talabimiz shuki, xonalar yorug‘ va keng bo‘lsin. 6. llmga kimki, qo‘lni ursa, minglab buloqni cho‘l tomon burgan boiadi. 7. Har kimki vafo qilsa, vafo topgusidir. 8. Ahvolimning chatoqligi shunda ediki, Muqaddas ikkimizni yaqinlashtira oladigan, yakka-yu yagona vosita hozircha imtihon edi. (O.Yoqubov) 9. Har kim ta’ma yo'lin tutsa, agar pesh, oqibat bir kuni bo‘lg‘usi darvesh.
PUNKTUATSIYA
90- mashq. Gaplami o'qing, tinish belgilarining qo'yilish sababini izohlang.
1. Bilgilki, ahmoqlarga yaxshi javob - sukut. (Qobus) 2. So‘zdagi noaniqlik, shubhasiz, fikr noaniqligining alomati. (L.N.Tolstoy) 3. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi. (N.Bualo) 4. Til - millatning qalbi. Til g‘oya, tuyg‘u tafakkurning jonli mujassamidir. (A.N.Tolstoy) 5. Talffuz - tilning joni, u tilga faqat tuyg‘ugina emas, dalillilik ham baxsh etadi. (JJ.Russo) 6. Til - eng xatarli qurol: so‘z yarasidan ko‘ra tig' yarasini davolash oson. (P.Kalderon) 7. So‘z - buyuk narsa. Shuning uchun ham buyukki, so‘z bilan odamlarni birlashtirish, so‘z orqali ularni bir-birlari bilan yuzko'rmas qilib yuborish mumkin, so‘z bilan mehr qozonish, so‘z bilan nafrat va adovatga yo'liqish mumkin. Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlan. (L.N.Tolstoy) 8. Ana, jadvallaming yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti jildlik tarixiy asarlari yonida," Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O.Yoqubov) 9. Notiqlik - javohirning o‘zginasi, salmog‘iga qarab nur taratadi. Asl donolik muxtasarlikdir. (L.N.Tolstoy) 10. Shamchiroq yo‘lingni yoritolmasa, zo‘rg‘a lipillab tursa hamki o‘chirma; hali o‘zing yangi so‘z kashf etmabsanmi, tildagi eski iboralardan voz kechma. (G.Ibsen) 11. Ushbu qoidaga hamishaamal qil: so‘zlarga - torlik, fikrlarga esa kenglik kerak. 12. Miyangga kelganni gapiraverishing shart emas, bu - nodonlik bo‘lur edi, lekin nimaniki gapirsang, bari dilingdagi fikringga mos tushmog‘i lozim, aks holda ashaddiy yolg‘onchilik qilgan bo‘lasan. (M.Monten) 13. Haqiqiy fan birovning yoqtirish-yoqtirmasligiga zor emas: uning birdan-bir maqsadi - haqiqat. (U.Grovye) 14. Do‘stlik qanchalar xilma-xil imtiyozlarni o‘zida jamlagan! Qayoqqa qaramang, u sizning xizmatingizda; u hamma joyda muhayyo; u hech vaqt joningizga tegmaydi; u hech qachon shunchaki bir sababsiz kelmaydi, u muvaffaqiyatlarga yangicha mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda har qanday omadsizliklar ham asta chekinadi. (Sitseron) 15. Sevish -bir-birovingga qarash emas, balki birgalashib bir tomonga qarash demakdir. (A.Sent-Ekzyuperi)
91-mashq. Berilgan matnni o‘qing va tegishli o'rinlarga tinish
belgilarni qo‘yib ko‘chiring.
Bir kuni Sultonsuyun Miralini gapda mot qilmoqchi bo‘lib, unga aqlga sig'maydigan bir yumushni topshiribdi
Sizga uch kun muhlat shu uch kun ichida toshdan telpak tikib kelasiz debdi
Hazratim agar ipini topib bersalar uch kun ham gapmi uch soatga qolmay tikib kelaman debdi Mirali
Qanaqa ip debdi Sultonsuyun yon berishni istamay
Toshning kulidan iylab ishlangan ipda shohim
Voy donoyey Hech zamonda toshning kulidan ham ip qilib bo'larkanmi
Unday bo‘lsa toshdanam telpak tikilarkanmi shohim Miralining hozirjavobligidan qattiq izza bo‘lgan Sultonsuyun yer chizib qolgan ekan. (“El desa Navoiyni”)
Eslatma : Yuqoridagi matnda 4ta nuqta, 9 ta vergul, 1ta ikki nuqta, 9 ta tire, 1 ta chiziqcha, 4ta undov belgisi, 2 ta so'roq belgisi, 1ta qo’shtirnoq ishlatilgan.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling