O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakul’teti tarix kafedrasi


Malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalari


Download 66.5 Kb.
bet2/5
Sana17.03.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1279365
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5287741023601040320

Malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalari.
1. Talabalarni universitetda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va ularni amalda qo`llashga o`rgatish.
2. Bo`lajak tarixchilarda kasbiy malaka ko`nikmalari hosil qilish va yetuk tarixchi sifat va fazilatlarini tarkib toptirish.
3. Talabalarda o`z kasbiga barqaror qiziqish va muhabbatni mustaqil bilim olishga ehtiyojni tarbiyalash, kasbiy faoliyatga ijobiy va tadqiqotchilik munosabatlarini hosil qilish.
4. Amaliyot o`tash jarayonida talaba tarixiy va arxeologik yodgorliklar bilan yaqindan tanishishi, so`rov o`tkazishi, olingan ma`lumotlarni tahlil qilib rasmiy adabiyotlardagi ma`lumotlar bilan taqqoslashni o`rganishi lozim.


Malakaviy amaliyot muddati.

O`quv rejasiga muvofiq malakaviy amaliyotning muddati bakalavriatning IV semestrida, iyun’ oyi oxiri – iyul’ oyining boshida o’tkaziladi. Amaliyot Namangan viloyati va Farg’ona vodiysi hududidagi qadimiy manzilgohlar, arxeologik yodgorliklar, muzeylarda, shuningdek, talabaning o’zi yashaydigan hududida o’tkaziladi. Xususan, talaba yashaydigan – shahar, qishloq, mahalla, ko’cha tarixi, toponimlari, ziyoratagohlari o`rganiladi.


Malakaviy amaliyotga o`quv-uslubiy rahbarlik fakul’tet dekani va kafedra mudiri, bevosita rahbarlik esa universitet rektori buyrug`i bilan tayinlangan professor-o`qituvchilar tomonidan, amaliyot o`tash joylarida esa tegishli muassasa rahbari buyrug`i bilan tayinlangan malakali mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.


Malakaviy amaliyotga qo`yiladigan talablar


Amaliyotning bevosita rahbari quyidagi majburiyatlarga ega:
– amaliyot o`tish joyiga muntazam qatnab turish;
– amaliyotchi talabalar tomonidan amaliyot dasturi bajaralishini nazorat qilish;
– joylardagi mas’ul shaxslar bilan birgalikda talabalar sifatli amaliyot o`tashini va amaliyotning o`quv rejasi hamda dasturiga qat`iy mos kelishini ta`minlash;
– talabalar tayyorlagan hujjatlarni o`rganish;
– kundalik daftarlar to`ldirilishi va ichki tartib qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;
– talabalarning amaliyot bo`yicha hisobotlarini tekshirish, qilingan ishlar bo`yicha taqrizlar yozish, amaliyot yakuni bo`yicha yakuniy reyting nazoratida qatnashish.



Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling