O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakul’teti tarix kafedrasi


Download 66.5 Kb.
bet1/5
Sana17.03.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1279365
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5287741023601040320


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


IJTIMOIY FANLAR FAKUL’TETI
TARIX KAFEDRASI


O’ZBEKISTON TARIXI


D A S T U R I
(Tarix yo’nalishi, II bosqich talabalari uchun)
Namangan – 2021
Tasdiqlayman”
O`quv ishlari prorektori
_____________D.Xolmatov
“____” __________ 2021-yil
BITIRUV OLDI AMALIYOTI


D A S T U R I
Fakul’tet: – Ijtimoiy fanlar
Kafedra: – Tarix
Ta`lim yo`nalishi – 5120300 – tarix
Bosqich – II
Semestr – IV
Muddati – 2 xafta


Tuzuvchi: dots. Z.Sh.Madrahimov.
Taqrizchi: dots. A.A.Erqo’ziyev.

Dastur Tarix kafedrasining 2021-yil ___ avgustdagi 1-sonli,


Ijtimoiy fanlar fakul’teti Ilmiy Kengashining 2021-yil ___ avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama etilib, ma`qullangan.
Fakul’tet dekani: s.f.d. R.Jo’rayev
Kafedra mudiri: dots. A.Erqo’ziyev
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: dost. X.Mirzaxmedov
Malakaviy amaliyot davrida talablar:
Talabalar:
– kasbiy faoliyat shart-sharoitlari, tarixiy yodgorliklar, arxeologik tadqiqot uslublari bilan tanishadilar.
– malakaviy amaliyot davrida talabalar mutaxassisligi bo`yicha amaliyot rahbarlarining yordamida ish olib boradilar;
– talabalar amaliyot davrida olib borayotgan ishlarini har kuni kundalikda yoritib boradilar, har bir tadbirning rejasi matni (konspekti)ni tuzadilar. Uni amaliyot rahbarlari tasdiqlab boradilar.
– amaliyotchi talabalar o`zlari amaliyot o`tayotgan o’lkashunoslik muzeyi va arxeologik yodgorliklarda belgilangan qonunchilikka rioya etadilar va ularning ichki tartib qoidalariga bo`ysunadilar;
– talaba amaliyot davrida biriktirilgan rahbarlarning topshiriqlarini bajaradilar.
Malakaviy amaliyotning sifatli bo`lishi uchun amaliyot davrida o`tkaziladigan quyidagi reyting mezoni amalga oshirilish maqsadga muvofiq:
1. Joriy baholashda - malakaviy amaliyotga qatnashishi, doimiy ravishda materiallarni o`zlashtirish.
2. Oraliq baholash - mustaqil ish hujjatlar tuza olish va ularni tahlil qila olish.
3. Yakuniy baholash - talabaning malakaviy amaliyot davridagi namoyon etgan xislatlariga – sifatlari, tadqiqot, o’zlashtirishi, hisoboti va amaliyot yakunlari inobatga olinadi.
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta`lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko`tarishni, respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti talablari asosida oliy malakali kadrlar tayyorlashni yangicha tamoyillar asosida tashkillashni taqozo etadi.
Hozirgi zamon tarixchisining professional tayyorgarligi, umumiy ma`lumoti, ma`naviy ahloqiy qiyofasi kasbiy faoliyat bilan shug`ullanishning muhim shartlari hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida mutaxassislarni professional jihatdan tayyorlashda amaliyotlarning o`rniga katta ahamiyat berilgan.
Malakaviy amaliyot bo`lg`usi tarixchini kasbiy faoliyatga tayyorlashda nazariy ta`lim bilan bog`lovchi asosiy bo`g`in hisoblanadi, talabalarning kasbiy faoliyatning dastlabki tajribalari bilan qurollantiradi.
Malakaviy amaliyotni ma`naviy-ma`rifiy, mafkuraviy, g`oyaviy yo`nalganligi, nazariy asoslanganligi, ta`limiy-tarbiyaviy xarakteri, uning tashkil etilishi, mazmuniga kompleks yondashuv, sistemaliligi hamda ketma-ketligi kasbiy samaradorlikning asosiy shartidir.
Malakaviy amaliyot “Talabalar amaliyotini tashkil etish to`g`risida”gi Nizom asosida ilmiy tadqiqot muassasalari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil etiladi.
Malakaviy amaliyot - bu bakalavr yo`nalishi predmetlarining nazariy materiallarini mustahkamlash jarayoni bo`lib, bevosita o`quv jarayonining amaliy davomidir.
Malakaviy amaliyot dasturi mutaxassislikning ixtisoslik tavsifnomasi, tanlangan ixtisoslik yo`nalishi, o’lkashunoslik va arxeologik yodgorlikning xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.



Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling