O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakul’teti tarix kafedrasi
Download 66.5 Kb.
|
2 5287741023601040320
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy amaliyotning tashkil etilishi.
- O’zbekiston tarixi” malakaviy amaliyoti mazmuni.
- H I S O B O T
Talabaning vazifalari:
– amaliyot dasturi va ishchi rejasi bilan tanishish; – amaliyot kundalik daftari yuritish (har kuni to`ldiriladi); – amaliyot o`tash joyida mustaqil ish olib borish; – amaliyot rahbari topshiriqlarini bajarish; – muassasa xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish va ichki tartib qoidalariga bo`ysunish; – amaliyot bo`yicha hisobot taqdim etish. Malakaviy amaliyotning tashkil etilishi. Malakaviy amaliyot talabalarning professional faoliyatga shart-sharoitlari yaqin bo`lgan bir sharoitda o`tkaziladi. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi – talabalarni kelgusidagi kasbiy vazifalarini bajarishga dastlabki tayyorlashdan iboratdir. Bakalavr 2-bochqich talabalarining malakaviy amaliyotlari Namangan viloyati va Farg’ona vodiysi hududidagi qadimiy manzilgohlar, arxeologik yodgorliklar, muzeylarda, shuningdek, talabaning o’zi yashaydigan hududida o’tkaziladi. Talabalar malakaviy amaliyot davrida o`z faoliyatlarini tahlil qiladilar va amaliyot kundaligi yuritadalar; rahbarlari o`tkazadigan tadbirlarda ishtirok etadilar; fakul’tetda amaliyot yakuni bo`yicha o`tkaziladigan konferensiyaga material tayyorlaydilar va unda ishtirok etadilar. Amaliyotga oid hisobot hujjatlarini tayyorlaydilar. “O’zbekiston tarixi” malakaviy amaliyoti mazmuni. Amaliyot o`tovchi quyidagilarni o`rganadi: 1) Tadqiqot joyini tanlashni o`rganadi; 2) Muzey eksponatnalari bilan tanishadi; 3) O’zi yashab turgan hudud tarixini, toponimlarini o`rganadi; 4) Tadqiqot jarayonini hujjatlashtirishni o`rganadi. H I S O B O T Har bir talaba malakaviy amaliyotni o`tab bo`lganidan so`ng bu haqda hisobot tuzadi. Hisobotga quyidagi ma`lumotlar kiritilish kerak: A) amaliyot o`tash vaqti va muddati, qaysi tadqiqot ob`ektida amaliyot o`tadi, qanday topshiriqlar bajarildi yoki bajarilmay qoldi, amalga oshirilgan ishlar ro`yxati: B) amaliyot o`tash joyi haqida ma`lumot; V) muhim hujjatlari nusxalari ilova qilinadi; G) amaliyot o`tash jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklar; D) bajarilgan ishlar to`g`risida qisqacha ma`lumot; E) xulosa va takliflar. 2. Amaliyot o`tash bo`yicha hisobotlar kafedra yig`ilishida amaliyot rahbarlari ishtirokida qabul qilinadi. 3. Amaliyot hisobotlarini himoya qilish muddati amaliyot tugagan kundan boshlab 5 kun ichida dekanat tomonidan belgilangan kuni amalga oshiriladi. Amaliyot bo`yicha reyting tizimiga ko`ra o`zlashtirish ko`rsatkichi foizlari asosida baholanadi. Talabaning reyting tizimiga ko`ra o`zlashtirish ko`rsatkichi 55 foizdan kam bo`lgan taqdirda, u yana qaytadan belgilangan muassasalarga amaliyot o`tash uchun yuborilishi yoki universitet rektorining buyrug`i asosida talabalar safidan chiqarilishi mumkin. 4. Malakaviy amaliyotning umumiy yakuni fakul’tet Kengashi yig`ilishida muhokama qilinadi. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling