O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakul’teti tarix kafedrasi
Download 66.5 Kb.
|
2 5287741023601040320
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasdiqlayman” O`quv ishlari prorektori _____________D.Xolmatov “____” __________ 2021-yil BITIRUV OLDI AMALIYOTI D A S T U R I
- Tuzuvchi: dots. Z.Sh.Madrahimov. Taqrizchi: dots. A.A.Erqo’ziyev.
- Fakul’tet dekani: s.f.d. R.Jo’rayev Kafedra mudiri: dots. A.Erqo’ziyev O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: dost. X.Mirzaxmedov
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKUL’TETI TARIX KAFEDRASI O’ZBEKISTON TARIXI D A S T U R I (Tarix yo’nalishi, II bosqich talabalari uchun) Namangan – 2021 “Tasdiqlayman” O`quv ishlari prorektori _____________D.Xolmatov “____” __________ 2021-yil BITIRUV OLDI AMALIYOTI D A S T U R I Fakul’tet: – Ijtimoiy fanlar Kafedra: – Tarix Ta`lim yo`nalishi – 5120300 – tarix Bosqich – II Semestr – IV Muddati – 2 xafta Tuzuvchi: dots. Z.Sh.Madrahimov. Taqrizchi: dots. A.A.Erqo’ziyev. Dastur Tarix kafedrasining 2021-yil ___ avgustdagi 1-sonli, Ijtimoiy fanlar fakul’teti Ilmiy Kengashining 2021-yil ___ avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama etilib, ma`qullangan. Fakul’tet dekani: s.f.d. R.Jo’rayev Kafedra mudiri: dots. A.Erqo’ziyev O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: dost. X.Mirzaxmedov Malakaviy amaliyot davrida talablar: Talabalar: – kasbiy faoliyat shart-sharoitlari, tarixiy yodgorliklar, arxeologik tadqiqot uslublari bilan tanishadilar. – malakaviy amaliyot davrida talabalar mutaxassisligi bo`yicha amaliyot rahbarlarining yordamida ish olib boradilar; – talabalar amaliyot davrida olib borayotgan ishlarini har kuni kundalikda yoritib boradilar, har bir tadbirning rejasi matni (konspekti)ni tuzadilar. Uni amaliyot rahbarlari tasdiqlab boradilar. – amaliyotchi talabalar o`zlari amaliyot o`tayotgan o’lkashunoslik muzeyi va arxeologik yodgorliklarda belgilangan qonunchilikka rioya etadilar va ularning ichki tartib qoidalariga bo`ysunadilar; – talaba amaliyot davrida biriktirilgan rahbarlarning topshiriqlarini bajaradilar. Malakaviy amaliyotning sifatli bo`lishi uchun amaliyot davrida o`tkaziladigan quyidagi reyting mezoni amalga oshirilish maqsadga muvofiq: 1. Joriy baholashda - malakaviy amaliyotga qatnashishi, doimiy ravishda materiallarni o`zlashtirish. 2. Oraliq baholash - mustaqil ish hujjatlar tuza olish va ularni tahlil qila olish. 3. Yakuniy baholash - talabaning malakaviy amaliyot davridagi namoyon etgan xislatlariga – sifatlari, tadqiqot, o’zlashtirishi, hisoboti va amaliyot yakunlari inobatga olinadi. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta`lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko`tarishni, respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti talablari asosida oliy malakali kadrlar tayyorlashni yangicha tamoyillar asosida tashkillashni taqozo etadi. Hozirgi zamon tarixchisining professional tayyorgarligi, umumiy ma`lumoti, ma`naviy ahloqiy qiyofasi kasbiy faoliyat bilan shug`ullanishning muhim shartlari hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida mutaxassislarni professional jihatdan tayyorlashda amaliyotlarning o`rniga katta ahamiyat berilgan. Malakaviy amaliyot bo`lg`usi tarixchini kasbiy faoliyatga tayyorlashda nazariy ta`lim bilan bog`lovchi asosiy bo`g`in hisoblanadi, talabalarning kasbiy faoliyatning dastlabki tajribalari bilan qurollantiradi. Malakaviy amaliyotni ma`naviy-ma`rifiy, mafkuraviy, g`oyaviy yo`nalganligi, nazariy asoslanganligi, ta`limiy-tarbiyaviy xarakteri, uning tashkil etilishi, mazmuniga kompleks yondashuv, sistemaliligi hamda ketma-ketligi kasbiy samaradorlikning asosiy shartidir. Malakaviy amaliyot “Talabalar amaliyotini tashkil etish to`g`risida”gi Nizom asosida ilmiy tadqiqot muassasalari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil etiladi. Malakaviy amaliyot - bu bakalavr yo`nalishi predmetlarining nazariy materiallarini mustahkamlash jarayoni bo`lib, bevosita o`quv jarayonining amaliy davomidir. Malakaviy amaliyot dasturi mutaxassislikning ixtisoslik tavsifnomasi, tanlangan ixtisoslik yo`nalishi, o’lkashunoslik va arxeologik yodgorlikning xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling