O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


Ang’izga ekilgan oshoshqovoq ko’chatining qalinligi


Download 1 Mb.
bet13/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

4.2. Ang’izga ekilgan oshoshqovoq ko’chatining qalinligi.
O’simlikning oziqlanish maydonini tanlash har qanday qishloq xo’jalik ekinini yetishtirishning eng muhim tub masalalaridan bo’lib, uni to’g’ri belgilash nafaqat hosil miqdori va sifatini, balki mahsulot birligiga mehnat xarajatlari va mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi.
O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida qovun va tarvuz o’simliklarining oziqlanish maydoni 1-2 m2 va oshqovoqniki 3-4 m2 . Joylashtirish usullari (sxemalari) o’simliklarning gektardagi kerakli sonini ta’minlabgina qolmay, balki poliz ekinlarini yetishtirish va hosilini yig’ish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Buning uchun o’simlikning qator oralari kengligi traktor va mashinalarning yurishi uchun qulay bo’lishi kerak. Mamlakatimizda ishlatiladigan traktorlarning oldingi va orqa g’ildiraklarining oralig’i, ya’ni kolleyasi 120; 140 va 180 sm, shuni hi-sobga olgan holda o’simliklarni joylashtirish usullarini tanlash zarur.
O’zbekistonnning sug’oriladigan yerlarida ariqlar orqali sug’orishda poliz ekinlarini lentasimon qo’shqatorlab ekish usuli qo’llaniladi. Bunday usulda tor qator oralari (0,7-0,9 m) va keng pushtalar (2,1-3,6 m) navbatma-navbat joylashadi. Tor qator oralaridan sug’oriladigan egatlar olinadi, pushtalarda o’simlik palaklari joylanadi.
Poliz o’simliklari hozirgacha turli usullarda joylashtiriladi. Lekin qoqov o’simligini quyidagicha joylashtirish tavsiya etiladi: usullar eng ko’p tarqalgan: qo’sh qatorli lentasimon (oshqovoq) sm va bir qatorli 180 x90 sm usuli. Bunda, 1 gektardagi o’simliklar soni 6-8,5 ming dona dona bo’ladi.
Tajriba dalasiga ko’chatlar 15 iyunda ekildi va ularning tutib qolishi hamda yig’ishtirishgacha saqlanuvchanligi kuzatib borildi.( 4.2.1-jadval) Kuzatish natijalariga ko’ra, ko’chatlar ekilgandan keyin o’z vaqttida sug’orish ishlari amalgan oshiriganligi sababli tanlangan variantlar bo’yicha ko’chatlarni tutib qolishida farq (1-variantda 92,5 %; 2-variantda 92,2 %; 3- variantda 92,9 %;) deyarli bo’lmadi.
4.2.1.-jadval

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling