Tuproq qatlami (sm)
|
Tuproqning tarkibi
|
Gumus miqdori, %
|
Yalpi, %
|
Harakat-chan nitrat, mg/kg
|
Oson o’zlashtiri-ladigan fosfor mg/kg
|
Almashi-nuvchan kaliy
mg/kg
|
Azot
|
Fosfor
|
0 – 30
|
0,93
|
0,110
|
0,175
|
13,7
|
47,0
|
162
|
30 – 50
|
0,64
|
0,085
|
0,136
|
8,6
|
28,0
|
116
|
Namangan viloyati subtropik tog’ oldi yarimcho’l hamda yarimcho’l mintaqasiga mansubdir. Ushbu hududda ob-havoning keskin o’zgarishi (keskin sovuq tushib ketishi, haroratning keskin ko’tarilib ketishi) kuzatilmaydi, sababi tevarak-atrofning baland tog’lar bilan chegaralanganligidir. O’rtacha yillik havo harorat 14-160C ni, eng yuqori havo harorati esa yoz oylarida 39-400C ni tashkil etadi.
Qish oylari juda iliq bo’lishi bilan xarakterlanadi. Lekin, qish oylarida havoning harorati -100C dan -150C gacha, shimolda biroz yuqori -140C dan -160C gacha tushishi mumkin. Viloyatda qorli sovuq kunlar 25-30 kunni, iliq va issiq kunlar esa 210-230 kunni tashkil etadi. Tipik bo’z tuproqlar joylashgan joylarda foydali haroratlar yig’indisi 2410-24200C ni tashkil etadi.
Yog’ingarchilikni yillik me`yorlari viloyatning shimolida 250-315 mm, janubida 160-200 mm, adirli, lalmi yerlarda esa 188 mm ni tashkil etadi. Viloyat shamol ko’p esadigan hududlar sirasiga kirib, shamol erta bahordan kuz oylarigacha davom etadi.
Ko’rinib turibdiki, viloyatning ob-havo sharoiti, iliq kunlarning ko’p bo’lishi, yuqori havo harorati bularning barchasi bu yerda qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olishga zamin yaratadi.
Shuningdek, kuzgi bug’doyni unib chiqish va me`yorida o’sib-rivojlanishi uchun ham yetarli namlik, havo harorati mavjud bo’lishi kerak.
Tadqiqotlar mobaynida biz ham ob-havoni kuzatib bordik. Namangan viloyati ob-havoni kuzatish markazi tomonidan 2012 yil uchun berilgan ma`lumotlar quyidagi 3.1.2-jadvalda keltirilgan.
3.1.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |