O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


QOVOQ MEVASINING KIMYOVIY TARKIBI VA FOYDALI XUSUSIYATLARI


Download 1 Mb.
bet7/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

2. QOVOQ MEVASINING KIMYOVIY TARKIBI VA FOYDALI XUSUSIYATLARI.
Ma’lumki, oshqovoqni xalqimiz azaldan xush ko’rib iste’mol qilgan. Shu bois dastavval hovli atrofiga, so’ngra dalalarga ekish urf bo’lgan. Undan nafaqat oziq-ovqat, balki dori-darmon sifatida ham keng foydalanilgan. Bundan tashqari, oshqovoqlar oziq-ovqat ma’sulotlarini uzoq muddat sifatli saqlashda, saroylarda turli bezaklar shaklida, hunarmandchilikda musiqa asboblari yasash maqsadida, shuningdek, ayollar pardozida ham keng qo’llanilgan.
Oshqovoqdan bir-biridan shirin milliy taomlar tayyorlanadi va ularning ko’pchiligi parhez taom hisoblanadi. Misol uchun sho’rvada pishgan qovoq oshqozonda tez hazm bo’ladi. Guruch bilan birgalikda qaynatilgani quvvat beruvchi taom hisoblanadi. Bir kunda bir piyola iste’mol qilingan qovoq sharbati oshqozon, buyrak faoliyatini faollashtiradi, bundan tashqari, isitmani tushirish, ortiqcha yog’larni haydash hamda chanqoqni qondirish kabi xususiyatlarga ham ega. Qovoq, shuningdek, xalq tabobatida darmondori sifatida foydalaniladi. Uning tarkibida A, B, B2, RR va K singari vitaminlar, uglevodlar, ko’plab ma’dan moddalar, mag’zida esa 4-8 foiz qand, urug’larida 36-52 foizgacha sifatli moy mavjud. Sanoatda oshqovoqdan asal, marmelad, qoqi (shakarlangan po’stloq) va boshqa mazali ma’sulotlar olinadi. (q.x.f. doktori, G’. Jo’raqulov)
Qovoqda vitaminlar va organik moddalardan tashqari quyidagi birikmalar ham mavjud:
Elektrolitlar: natriy-1 milligramm (0,5%); kaliy- 340 milligramm (7%).
Minerallar: kal tsiy — 21 milligramm (0,5%); mis — 0,127 milligramm (14%); temir — 0,80 milligramm (10%); magniy — 12 milligramm (3%); marganets — 0,125 milligramm (0,5%); fosfor — 44 milligramm (5%); selen — 0,3 mikrogramm (rux — 0,32 milligramm (3%).
Fitonutrientlar: alfa-karotin (α-karotin) — 515 mikrogramm; beta-karotin (ß-karotin), beta-kriptoksantin (ß-kriptoksantin) — 2145 mikrogramm; lyutein-zeaksantin — 1500 mikrogramm.
Poliz ekinlarining naviga qarab mevasining yirikligi, shakli, rangi har xil bo’ladi. Qovoq mevasining ichida bo’shliq (uya) bo’lib, u yerdagi urug’lar ipchalar (platsentalar) yordamida urug’donga birikadi. Qovoqning platsentalari quruq, qovoqning meva eti, tarvuzning qo’shilib o’sgan seret platsentlari yeyiladi.
Energetik qiymati - 26 kilokaloriya, ya`ni 1% ni tashkil etadi. Ozuqaviy qiymati 100 gramm xom qovoq misolida olingan (2.1-jadval) .
2.1-jadval
Xom qovoqning ozuqaviy qiymati

T/r


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling