O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


TAJRIBANING IQTISОDIY SAMARADОRLIGI


Download 1 Mb.
bet3/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

6.

TAJRIBANING IQTISОDIY SAMARADОRLIGI...............................




7.

Mehnatni muxоfaza qilish........................................................




Xulоsa va takliflar.............................................................................




Fоydalanilgan adabiyotlar rO’yxati.....................................




ILОVALAR.......................................................................................................




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqaruvchilar oldiga 2020 yilda meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishni 2014 yilga nisbatan kamida 2,3 marta ko’paytirish vazifasini qo’ydi. Bu vazifani bajarish uchun qishloq xo’jaligini yanada isloh etish va modernizatsiya qilish, yerning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, ekinlarni takroriy ekishni to’g’ri tashkil etish, yangi ekin turlaridan yoki kam e’tibordagi ekinlardan foydalanish zarur. Bu borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish uchun yangi bozorlar topish, ularni saqlash, logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga kiradi.
Kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlardan unumli foydalanishda qisqa muddatda yuqori hosil beradigan ekin turlarini ekish yoki o’simlikni 30-40 kunli ko’chatlarini ekish takroriy ekinlarni hosildorligini ortishini ta’minlaydi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 dekabrdagi 06-03-13-1-sonli yig’ilish bayoni qarorida fermer xo’jaliklari bilan don mahsulotlari korxonalari har 1 tonna topshiriladigan don hisobiga 50 kilogrammdan oshqovoq sotish bo’yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzishlari belgilab qo’yildi. Fermer xo’jaliklari oldilariga qo’yilgan ushbu vazifa ham ularni yerlardan samarali foydalanishga chorlaydi.
Oshqovoq o’simligini boshqa poliz ekinlariga nisbatan yetishtirish sharoitlari birmuncha oson bo’lib, undan yuqori hosil olish imkoniyati mavjud. SHu bilan birga oshqovoq etining qattiqligi uni transportbopligi va uzoq muddat saqlanuvchanligini ta’minlaydi. SHu sababli bu ekin mevalarini eksport salohiyati juda yuqori.
Yuqorida qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib, biz ushbu ishimizda yurtimizda yetishtirilayotgan poliz mahsulotlari, xususan, oshqavoqni takroriy ekin sifatida yetishtirish va mevalarini saqlash jarayonlarini o’rganishni maqsad qildik.
O’zbekiston asrlar davomida polizchilik keng rivojlangan mintaqa hisoblanib, so’nggi yillarda bu sohaga yangi texnologiyalar joriy qilish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan maqsad, mavjud bo’lgan ekin maydonlarini kengaytirmasdan, yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib, yuqori va sifatli mahsulot yetishtirishdir.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling