O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


Oshqovoqni saqlash usullari va sharoitlari


Download 1 Mb.
bet18/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

5.2. Oshqovoqni saqlash usullari va sharoitlari.
Etishtirilgan hosil agrotextik talablar asosida yig’ishtirish ishlari amalga oshrildi. Bunda Hosil kuzning quruq ob-havo sharoitida pishib yetilishiga qarab oktyabr oyining birinchi o’n kunligida yig’ishtirib olindi. Uzoq muddatga saqlash uchun qovoqni bandi bilan uzildi. Agar shunday qilinmasa, sindirilgan bandi ko’pincha uning o’rnini shikastlab va o’sha yerda chirish boshlanishiga sabab bo’ladi. Qovoqni saqlash uchun joyiga mashina va aravalardan xashak to’shama solib tashib keltirildi. Ortish vaqtida qovoq bandini ikkinchi qovoq bandini zararlamaydigan va yorilib kemasligiga e’tibor beri kerak.
Quruq ob-havo sharoitida qovoq mevalari uzilgach, 5 kun shamollatildi. Shu yщl bilan qovoq bandiga tuproq bilan yopishgan har xil mikroorganizmlar zararsizlantirildi, uning po’sti chiniqtirildi. Keyin qovoqni usti berk bostirmalarga tashib keltirilib, bir necha kun shamollatib omborxonaga qo’yildi. Bostirmada qovoq 3-4 qator qilib quritiladi. Qovoq eti tig’iz bo’lgani uchun mevasi boshqa poliz kinlariga nisbatan yaxshi saqlanadi.
Tajribada Qovoqni uzoq muddat saqlash uchun kontyner va so’kichaklarda foydalanildi.(5.2.1-jadval). So’kisaklarda saqlashda qovoqlarni a 2 va 3 qator qilib terildi. Konteynerlar esa omborxonaga 3 kator qilib joylandi. Qovoqni 20 oktyabr kuni saqlanuvchanligini yuqoridagi saqlash usullarida o’rganish uchun 1 tonnadan mahsulot saqlashga qo’yildi. Tabiiy kamayishni aniqlash maqsadida avvaldan har bir usul uchun turli o’lchamdagi 10 donadan qovoq mevaga belgilar qo’yib ular konteyner va so’kichaklarning turli joylariga joylandi. Saqlash vaqtida qovoq mevalari doimiy nazorat qilib borildi. Bunda tabiiy kamayishni aniqlash uchun saqlashga qo’yilgan mevalar vazni o’zgarishi avvaldan belgi qo’yilgan mevalarni tarozida tortish yo’li bilan 10 kunda bir marta o’rganildi. Mevalarning chiriganlik darajasini shrganishda mevalar ombordan darhol olinib chirish darajasi alohida aniqlandi. Mahsulotning umumiy kamayishi 15 % dan ortganda saqlash muddati tugallangan deb hisoblandi.
Omborxonada xarorat 6-100 S va xavoning nisbiy namligi 73-75 % bo’lishi ta’minlandi.
5.2.1-jadval

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling