O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 1 Mb.
bet4/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. O’zbekiston asrlar davomida polizchilik keng rivojlangan mintaqa hisoblanib, so’nggi yillarda bu sohaga yangi texnologiyalar joriy qilish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan maqsad, mavjud bo’lgan ekin maydonlarini kengaytirmasdan, yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib, yuqori va sifatli mahsulot yetishtirishdir.
Biz ushbu ishimizda ang’izga ekilgan oshqovoqni hosildorligi va saqlash jarayonlarini o’rganishni maqsad qilib oldik.
Tadqiqot davomida quyidagi vazifalar bajariladi:
-ang’izga ekish uchun oshqovoq ko’chatlarni tayyorlash jarayonini o’rganish;
-turli ekish sxemalarini qovoq hosildorligiga ta’sirini o’rganish;
-turli saqlash usullarida oshqovoqni saqlanuvchanligini o’rganish;
-oshqovoq yetishtirish va saqlashni iqtisodiy tahlil etish;
Tadqiqotning ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida qovoqning saqlashga chidamli bo’lgan “Ispan 73” navi olindi.
Tadqiqot predmeti - To’raqo’rg’on tumani och tusli bo’z tuproqlari sharoitida oshqovoqnm takroriy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasini va yetishtirilgan hrsilni saqlash jarayonlarini o’rganishdan iborat olindi.
Tajribaning amaliy ahamiyati. Oshqovoq mevasining oziq-ovqatlik qimmati bebahodir. Qovoq mevasida 10-15 % quruq modda bo’lib, shundan 4-11 % qandni tashkil etadi. Bundan tashqari uning tarkibida 0,7 % kletchatka, 0,5 % oqsil, 0,2 % moy, 0,6 % kul moddalari, ko’p miqdorda mineral tuzlar va vitaminlar borligini ta’kidlash bilan birga dorivorlik xususiyatini ham qayd etish lozim. Qovoq mevasi ateroskleroz, jigar, buyrak, oshqozon, yurak xastaliklariga davo bo’lib, urug’ qaynatmasi gijja haydash xususiyatiga ega.
Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, takroriy ekish maqsadida oshqovoq ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi, yuqori hosil olish uchun maqbul ekish sxemasi aniqlandi va uzuq muddat ssaqlash uchun saqlash usullari o’rganilib, ishlab chiqarishga tegishli tavsiyalar berildi.
BMI tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi 60 sahifadan iborat bo’lib, kirish, 7 ta bo’lim, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalarni o’z ichiga oladi. Ishda 15 ta jadval keltirilgan.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling