O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi pedagogik texnologiya turlari.
Nazorat savollari:
1.Maktabgacha ta’lim kollejida “Maktabgacha yoshdagj bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” kursini o‘qitish qanday amalga oshiriladi? 2.O‘quv fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga qanday mazmunga ega? Topshiriq: Maktabgacha ta’lim kollejida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” kursini o‘qitish mazmunini “Qanday”texnologiyasi asosida yoriting. Adabiyotlar: 1.Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й. 3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 159 DARS JARAYONIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Tayanch so‘z va iboralar: konseptual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, dialogik yondashuv, o‘qitish usullari, o‘qitish texnikasi, hamkorlikdagi ta’lim. Yangi pedagogik texnologiya turlari. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursini o‘qitish yuqorida ta’kidlangan ta’lim texnologiyalariga asoslanishi va quyidagi konseptual yondashuvlarga asoslanishi kerak: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi subektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 160 Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faolligini oshirish usullaridan biri. Bunda muammo va uni hal etish usullari, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirish, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashning mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. Keltirilgan kontseptual yo‘riqlarga asoslangan holda, “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy tuzilishi va ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, o‘quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqib, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida belgilangan vaqtda o‘qitish, kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshiriladi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling