O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
O‘qitish usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullari, amaliy ishlash usuli, o‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorligi va o‘zaro o‘rganishga asolangan frontal, jamoa va guruh. O‘qitish vositalari o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Kommunikatsiya usullari sifatida quyidagilar qayd etiladi: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Maktabgacha ta’lim yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Shu bois, biz pedagogik 161 texnologiyalarning – zamonaviy o‘zbek modelini maktabgacha ta’limda o‘qitish metodikasi misolida amaliyotga qo‘llashni rejalashtirdik. Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik modullardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab o‘rta va katta modullar deb atadik. Modulli o‘qitish texnologiyasi, majmuali yondashuvni ifodalaydi. Majmualar nazariyasiga asoslangan modulli o‘qitish texnologiyasi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan har bir xodimning ijodiy faoliyatiga, dunyoqarashiga samarali ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki majmualar nazariyasi ilmiy jihatdan to‘la asoslangan didaktik tamoyil va qonun-qoidalarga tayanadi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling