O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» «o‘rgatuvchi», 
«didasko» - «o‘rganuvchi») – ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining 
mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, 
ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish 
yo‘llari va hokazo muammolari) ni o‘rganuvchi fan. 


164 
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik 
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. 
Dyujina – bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum.
Dis-komfort-noqulaylik. 
Esse – bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini yozma ravishda erkin ifoda 
etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni 
o‘z ichiga oladi. 
Elementar matematika – matematikaga oid bo‘lgan bilimlarning eng 
soddalashtirilgan qismi. 
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni 
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga 
tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim 
tarkibiy qismi. 
Fantaziya – xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va 
xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon. 
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil 
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. 
Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati. 
Geometrik shakl – uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub, 
silindr, oval, ko‘pburchak. 
Individual o‘qitish – o‘quvchi shaxsiga alohida yondashgan holda ta’ lim-
tarbiya berish. 
Innovatsiya 
– yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib-qoidalar
texnologiyalar va yangiliklar. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling