O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

 
 
 
 
 
 


49 
ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA PREDMETLAR 
MIQDORINI IDROK QILISH, ESDA OLIB QOLISH VA 
TAQQOSLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Tayanch so‘z va iboralar: o‘yin mashqlari, passiv nutq, to‘plam elementlari, 
taqqoslash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda 
olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘yinlar va o‘yin 
mashqlaridan ilk yoshdayoq bolalarning bir xil turdagi predmetlar haqidagi 
tasavvurlari kengayib boradi: «ko‘p qo‘g‘irchoqlar», «uchta kubik», «qo‘lda beshta 
barmoq» kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo‘ladi. 
Tajribaning ko‘rsatishicha, 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni, ya’ni 
«kichik uy», yoki «katta uylar» qurishi, «vagon» «vagonchalarni olib kelishi», 
«gul» yoki «gullarni» ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar).
1 yoshu 6 oylik go‘dak faol nutqni egallaydi, otning birlik va ko‘plik 
shakllaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni ajrata oladi: «By kubik, bu 
kubiklar», «uy – uylar», “qo‘g‘irchoq – qo‘g‘irchoqlar”. Bu yoshdagi bolalarni 
ko‘proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (shar, tugmacha, halqa). Ular bu 
narsalarni sochadilar, yana yig‘ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo‘yicha teradilar. 
Bolalarda birdaniga predmetlarni qo‘llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning 
sochilishini kuzatishni yaxshi ko‘radilar (masalan, tugmachalar). Predmetlarning 
turli xilligini bola turli xil sezgi a’zolari yordamida qabul qiladi: eshitish, ko‘rish 
va boshqalar. U o‘zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta 
o‘yinchoqni bir necha marta tashlagan, koshik bilan stolini taqillatgan. Ko‘plik 
haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko‘plikni ajrata 
olishga yordam beradi. Matematikada ko‘plik tushunchasiga quyidagicha ta’rif 
beriladi. «Ko‘plik bu bir butun qilib quriladigan obyektlarning yig‘indisidir». 
Ko‘plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar 
tugallangan ko‘plik bilan ish ko‘radilar. Go‘dak bolada ko‘plik haqidagi eng 
birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya’ni u hali aniq chegaraga ega 


50 
bo‘lmaydi va element ketidan element qabul qilinadi. Bunday qabul qilish noaniq 
ko‘plikni xarakterlaydi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling