O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi.
Nazorat uchun savollar:
1.Bolalarda fazoda mo‘ljal olish qanday rivojlantiriladi? 2.Idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zning ahamiyati qanday? 3.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni kuzatishning ahamiyatini ayting. 4.Bolalarda fazoviy tasavvurning rivojlanishiga nimalar yordam beradi? Topshiriqlar: Bolalarda fazoda mo‘ljal olish haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun «“Predmetlarning joyini top” metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling. Adabiyotlar: 1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й. 3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 2008. HAR BIR YOSH GURUHIDA FAZONI IDROK ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Tayanch so‘z va iboralar: oriyentirovka qilish, tevarak-atrof, ikkinchi signal sistemasi,ko‘rib idrok qilish, fazoviy idrok etish. Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish mumkinki, bolalar tevarak-atrofni mo’ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy 106 tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. Ularning nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi. Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi. Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish, eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling