O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Har bir yosh guruhida fazoni idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarini misollar asosida tushuntiring. 2. Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etishda qanday o‘yinlardan foydalaniladi? 3.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni o‘rganishning ahamiyati qanday? Topshiriqlar: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni o‘rganishni “Qanday” texnologiyasi asosida taqqoslang va taqdimot tayyorlang. Adabiyotlar: 1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й. 2. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. VAQT HAQIDA TUSHUNCHA Tayanch so‘z va iboralar: vaqt tushunchasi, analizator, vaqtni his qilish, sutka qismlari, vaqtning xususiyatlari, vaqtni his qilish, yil fasllari. Vaqt va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Vaqt so‘zi yuz berib turuvchi voqea-hodisa, narsalarning asrlar, yillar, soatlar, minutlar va shu kabilar bilan o‘lchanadigan davomiyligi, shunday o‘lchov belgisiga ega bo‘lgan obyektiv hodisani ifodalaydi. Vaqtning qaytmas xususiyatlari shuki, vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va jamiyatning harakatlanish yo‘nalishini ifodalaydi. Vaqtning asosiy qabul qilinishi bu sezish qobiliyatidir. Har xil kompleks analizator vaqtni sezish qobiliyatining cho‘zilishiga ta’sir qiladi, lekin asosiy xususiyati deb I.M. Sechenov eshitish va tananing sezgi qobiliyatlariga e’tibor bergan «Vaqt 109 tovush va tananing sezish qobiliyati insonga vaqt haqida tushuncha beradi, shunda ham to‘la o‘z mazmuni bilan emas balki vaqt bir tomonlama tovushning tortilishi va tananing sezishini tortilishi. Shuning uchun I.M.Sechenov eshitish va sezish xususiyatidan bu vaqt bo‘shlig‘ining analizatorlari degan edi. I.P.Pavlov ko‘rsatgan ediki,vaqtning hisoblanishi nerv sistemasining har bir elementiga, uning har bir hujayrasiga xos u buni eksperimental asosda isbotladi. Har qanday analizator «vaqtni hisoblashi» mumkin. I.P.Pavlov aytgan ediki, vaqtning fiziologik qabul qilinishi bu kishining tormozlanishi va ta’sirlanishidir, bu esa vaqtni hisoblashga yo‘l beradi. Bu fikrlar qator izlanishlar orqali ko‘rsatilgan. Ikkinchi signal sistemasida ta’sirlanish vaqtning yetarli hisobga olinmasligidan kelib chiqadi, tormozlanish jarayonida unga ko‘proq baholash xususiyatidandir. Shunday qilib, aniq vaqt intervallarini vaqtinchalik baholash ta’sirlanish va tormozlanish dinamik jarayonida aniqlanadi. Vaqt intervalida differensirovka bu vaqtga nisbatan shartli reflekslarning xosligidir. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling