O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

 
Nazorat savollari va topshiriqlar: 
 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni 
maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli qanday?
2. Matematik bilim berish vositalari nimalardan iborat? 
3. MTTda matematik ta’lim berish metodikasining maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat? 
Topshiriqlar: Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim berish 
vositalarini tahlil qiling. Ularni ”Venn” diagrammasi asosida taqqoslang va 
taqdimot tayyorlang. 
 
Adabiyotlar: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2017-2021-йилларда 
мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари 
тўғрисида”ги 2707-сонли Қарори. 2016 йил, 29 декабрь. 
2. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Мактабгача 
таълим муассасалари фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида” ги 528-
сонли Қарори. 2017 йил, 19 июль. 
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Мактабгача таълим 
тизими 
бошқарувини 
тубдан 
такомиллаштириш 
чора-тадбирлари 
тўғрисида”ги ПФ-5198-сонли Фармони. 2017 йил 30 сентябрь. 
4. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
 


13 
TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA 
 Tayanch so‘z va iboralar: to‘plam, universal to‘plam, to‘plam elementlari, 
taqqoslash, fazoviy va miqdoriy munosabatlar, didaktik materiallar, bir qiymatli 
moslik, natural sonlar. 
To‘plamning tavsifiy xususiyatlari. To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha 
bo‘lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi 
bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami kabi. 
Bundan tashqari, to‘plam biror narsaning yig‘indisini anglatuvchi so‘zlar o‘rnida 
qo‘llanadi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig‘indida bitta element 
bo‘lishi yoki birorta ham element bo‘lmasligi mumkin. To‘plamni turli usullar 
bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to‘plami, 
bog‘cha hovlisidagi daraxtlar to‘plami, viloyatdagi maktabgacha ta’lim 
tashkilotlar to‘plami va hokazo, umuman to‘plamni berish elementlarni sanash 
yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi. 
Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo‘lgan bitta belgi 
asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga 
o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy 
belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni 
tanlab ol” va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling