O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «Kimyo-texnologiya»
Download 1.67 Mb.
|
Ekstraksion fosfor kislotasidan ammofos olishda buglatish apparatini takomilashtirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatgichlari.
- Ish vaqti fondini rejalashtirish
- K orxona mahsuloti, tonna
- Bir soatda 1 2 3
- Ko’rsatkichlar nomlanishi ming so’m
- K orxona sanoat ishlab chiqarish ish haqining jamlama jadvali
- Loyixalashtirilayotgan (qayta jihozlayotgan) korxona asosiy texnologik uskunalari qiymati
- Asbob-uskunalar nomi Soni Bir birlik narxi Umumiy qiymati, m.so’m.
- Amortizatsiya ajratmalari xisobi
- Amortizatsiya summasi, ming so’m
- Yillik ishlab chiqarish xajmini rentabillig i
- H avoni zaxarli gazlardan tozalashda to’rta – usul q o’ llaniladi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Nazorat o’lchov asboblari spetsifikatsiyasi
III. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatgichlari. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan xomashyo miqdorini narxi (so’m) da, bir dona va yillik hajmidagi ifodasi. Mahsulot ishlab chiqarishda ishchilarga beriladigan ish xaqqi. Bir dona mahsulot ishlab chiqarish uchun va yillik mahsulot uchun to’g’ri keladigan o’rtacha ish xaqqi. Ishtimoiy fondga ajratiladigan mablag’. Ish xaqqiga nisbatan, yani ish xaqqining 16 % hisoblanib qo’shiladi. Amarizatsiya ajratmasi 15%. Amartizatsiya ajratmasi asosiy fondga nisbatan hisoblanadi Nakladnoy – bunga quydagilar kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan elektr energiyasi, issiq va sovuq suv, gaz va boshqa xarajatlar kiradi. Yuqoridagilar jamlanganda bir dona va yillik mahsulot uchun ishlab chiqarish tannarxi kelib chiqadi. Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning ishlab chiqarish bahosi kelib chiqdi, endi mahsulotni qadoqlash, transport, reklama hizmatlari xarajatlari qo’shamiz. Bu xarajatlar qo’shilganidan so’ng mahsulotning to’la tannarxi kelib chiqadi. Bizda ishlab chiqarilgan mahsulotimizni to’la tannarxi kelib chiqqanidan so’ng unga foyda yani ma’lum bir (%) to’la tannarxning (15%) miqdori qo’shiladi va mahsulotdan tushadiga sof foyda kelib chiqadi. Mahsulotning to’la tannarxiga foyda qo’shilganida korxona bahosi hosil bo’ladi. Korxona bahosiga uning (20%) miqdori qo’shiladi. Bu QQS qo’shimcha qiymat solig’i bo’ladi. Barcha xarajatlar soliqlarni qo’shib hisoblaganimizda mahsulotning sotish bahosi kelib chiqdi. Quydagi jadvalda bir donna va yillik mahsulot uchun sotish baxosi qo’shimcha qiymat solig’i, mahsulotning to’la tannarxi, ishlab chiqarish tannarxi va boshqa ko’rsatkichlar qiymatlari berilgan. 3.1-jadval Asosiy ma’lumotlar
Ish vaqti fondini rejalashtirish Yillik ish vaqti fondi: bu yerda, Dk – dam olish kunlari, kun; Bk – bayram kunlari, kun; Ksm – smenalar soni, smena; 3.2-jadval Korxona mahsuloti, tonna
3.3-jadval Ishchilar soatbay ish haqiga ustamalar, ming so’m da
3.4-jadval Korxona sanoat ishlab chiqarish ish haqining jamlama jadvali
3.7-jadval Loyixalashtirilayotgan (qayta jihozlayotgan) korxona asosiy texnologik uskunalari qiymati
Bitta asbob – uskuna narxi shartnoma narx bo’yicha aniqlanadi. 3.5-jadval Amortizatsiya ajratmalari xisobi
Yuqoridagi jadvalda maxsulot ishlab chiqarish bo’yicha barcha ma’lumotlar berildi. Endi korxonaninng yillik ishlab chiqarish xajmini rentabelligini ko’rib chiqamiz. Korxonaning mahsulot sotishdan olingan yillik tushum, maxsulot ishlab chiqarish tannarxi, maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda, maxsulot sotishdan olingan sof foyda, asosiy vositalarni o’rtacha yillik qiymati, aylanma mablag’larni o’rtacha yillak qiymati, korxonaning jami mulki, o’z mablag’lar manbai, qarz mablag’ kabi ko’rsatkichlar keltirilgan. Bulardan foydalangan xolda rentabillikni aniqlaymiz. Mahsulot sotish rentabilligi – korxonani mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani mahsulot sotishdan olingan yillik tushimga bo’lamiz. Asosiy vositalar rentabilligi – mahsulot sotishdan olingan sof foydani asosiy vositalar qoldiq qiymatiga bo’lamiz. Aylanma mablag’lar rentabilligi – mahsulot sotishdan olingan sof foydani aylanma mablag’larni o’rtacha yillik qiymatiga bo’lamiz. Ishlab chiqarish tannarxi rentabilligi – mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani maxsulot ishlab chiqarish tannarxiga bo’lamiz. O’z mablag’lar, korxonani jami mulki, korxonani qarz mablag’lari rentabilligini topishda yuqorida bajarilagan yani mahsulotni sotishdan olingan sof foyda nisbatan hisoblaymiz. Bu ko’rsatkichlar quydagi jadvalda ko’rsatilgan. Yillik ishlab chiqarish xajmini rentabilligi Asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan birinchisi - asosiy fondni boshlang’ich qiymati. Asosiy fondlarni baholashni quydagi turlari mavjud. Dastlabki to’la qiymat va qoldiq qiymat bahosi. Dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho Ob, asosiy fondlarni sotib olish bahosi Sb, asosiy fondlarni jihozlash mantaj, transport xarajatlari XT va mantaj xarajatlari XM ni o’z ichiga oladi. Ob=Sb+XT+XM Bu baho korxonaning asosiy fandlarni sotib olish va ishga tushirish uchun qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Asosiy fondni to’la qiymat baxosi ma’lum undan asosiy fondni o’rtacha yillik bahosini ayirib tashlasak asosiy fondni qoldiq qiymat bahosi kelib chiqadi. Mahsulot ishlab chiqarish xajmi – bunda mahsulotni bir yillik ishlab chiqarilgan maxsulotining xalmi tushiniladi. Korxonaning sof foydasi ma’lum. Korxonada ishlaydigan ishchilar soni aniqlanadi. Fond qaytimini topishda mahsulotni yillik ishlab chiqarish xajmini asosiy fondni boshlang’ich qiymatiga bo’lamiz. Rentabellik – sof foydani asosiy fondni qoldiq qiymatiga bo’lamiz. Mehnat unumdorligi – yillik ishlab chiqarish xajmini korxona ishchilari soniga bo’lamiz. Har bir ishchi uchun bir yillik mehnat unumdorligi kelib chiqadi.O’z mablag’lar qiymati malum.
Prezident I. A Karimov Fuqaro muxofazasini dolzarbligini e’tiborga olib, o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarlarida “Siyosatimizning asl moxiyati axoli xavfsizligini taminlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan ximoya qilishdir” deb taokidlab o’tadilar. Shunday ekan, favqulotda vaziyatlarni oldindan aniqlash va axolini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor xarakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida taominlash bular xammasi asosiy masalalardan biridir. 1994 yil 4‑martda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining FV vazirligining tashkil etilishi to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, shu o’tgan davr ichida bir necha ommaviy noroziliklar va qurolli to’qnashuvlar sodir bo’ldi. 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi 31 moddadan iborat O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ishlab chiqarish korxonalarida fuqarolarni, ya’ni ishchilarni favqulotda vaziyatlardan ximoyalash uchun fuqaro muxofazasi shtabi tashkil etilgan. Bu shtabni vazifasi ob’ektni xavfli deb xisoblangan nuqtalarni kuzatish va nazorat qilishdan iborat. 1) Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimining boshqaruvchi kuchi "inson" ekanligini hisobga olib, uning ishlab chiqarishdagi faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim faktor-omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korhonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va mehnat sharoitini yahshilash, jarohatlanish, kasb kasalliklarini kelib chiqarish manbalarini yo’qotish, charchash, toliqish bo’lmasligiga taalluqli chora-tadbirlarini qo’llashga bog’liqdir. Korxonada mehnatni muhofaza qilishni ahamiyati ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan bahsiz hodisalarni oldini olish, ogohlantirish, mehnat sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarining havf-hatarsiz o’tishini ta’minlash va havfsizlik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu tadbir-choralar tehnika va tehnologiyaning to’htovsiz rivojlanayotganligini hisobga olgan holda olib boriladi. 2) Barcha sanoat korxonalari atmosferaga chiqaradigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari (gaz, tutun, chang va b.k.)ga qarab SN 245-71 ga asosan besh sinfga bo’linadi. Loyihadagi korhona chiqindi chiqarish bo’yicha 5- sinfga kiradi. 1)-1000m, 2)-500m, 3)-300m, 4)-100m, 5)-50m tanlab aniqlanib olinadi. 3) Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda ishlab chiqarish turini tanlash, homashyo va materiallarni agregat holati, jarayonni fizik kimyoviy shartlari, jarayonni davri, uskunalarni yig’ish va sozlash, isitish va sovutish turlari, texnologik reglamentga rioya etish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek jarayonni havfsizligini ta’minlashda ishchilarni kasb bo’yicha tanlash va ularni o’qitish, shahsiy muhofaza vositalarini qo’llash zarur deb hisoblanadi. Texnologik reglament - texnologik jarayonlar havfsizligini ta’minlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. Texnologik reglament yuqori tashkilot yoki korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Korxona rahbari zamonaviy texnik nazorat va avtomatik to’g’rilash, boshqarish vositalarini qo’llab jaroyonlar havfsizligini ta’minlash maqsadida texnologik reglamentga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Texnologik reglament tarkibi quyidagi bo’limlardan iborat: 1. Ishlab chiqarish umumiy tavsiyanomasi, 2. Tayyorlanadigan mahsulot tavsiyanomasi, 3. Xomashyo, materiallar tavsiyanomasi, 4. Texnologik jarayon mazmuni, 5. Texnologik rejim normalari, 6. Xomashyo va energiyani bir yilga sarflash normalari, 7. Ishlab chiqarish normalari, 8. Jarayon bajarilishidagi havfsizlik qoidalari, 9. Moddiy balans, 10. Ishlab chiqarish chiqindilari, oqava suvlar, atmosferaga moddalar tashlash, 11. Ishlab chiqarish texnologik chizmasi, 12. Mumkin bo’lgan nosozliklar, ularni sabablari va yo’q qilish usullari, 13. Asosiy tehnologik uskuna jihozlar ta’rifi. Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda muhandis-texnikaviy vositalar qo’llaniladi, ya’ni to’siqlovchi va himoyalovchi moslamalar ishlatiladi. To’siqlovchi moslamalar vaqtincha, doimiy, ko’chiriladigan, harakatlanmaydigan, yaxlit, to’rsimon, ochiladigan holatda mavjud. Ximoyalovchi moslamalar texnologik uskunalarni ishdan chiqish va avariya xolatidan ogoxlantirish uchun qo’llaniladi. Ular mexanik, elektrik va aralash turda mavjud. Sanoatda qo’llanadigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo’llashda umumiy havfsizlik yullanmasi sifatida unifikatsiya, jadallashtirish, kam quvvat sarflash, ergonomika, yiriklashtirish, ishonchlilikni oshirish omillari hisobga olinadi shuningdek, uskunalarga inson hususiyatlarini, faoliyatini ifodalaydigan antropometrik, pishofiziologik, psixologik, gigienik talablar qo’yiladi. Talablar GOST 12.2.03-91 va QMQ 3-05-05-98 ga asoslanadi. Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimi qo’llaniladi. Isitish esa bug’, suv va havo yordamida uyushtirilishi mumkin. Lekin ishkoriy metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi, zaharlovchi moddalar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan binolarda suv va suv bug’i bilan isitishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usuli qo’llaniladi. Issiq suv yoki bug’ bilan qizdiriladigan kaloriferlar orqali havo puflanib, so’ngra binoga beriladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga ulanadi. Kaloriferni havfsiz va unumli ishlashi uchun shamollatgich va kalorifer tarkibi ogohlantiruvchi-daraklovchi moslamalar bilan bog’langan bo’lishi kerak. "Elektr qurilmalarini tuzilishi va ishlatilishi" qoidasiga asosan portlashga havfliligi jihatidan A,B kategoriyaga mansub korhonalar binolari 6 zonaga, shu jumladan, yong’inga havfliligi buyicha V kategoriyaga mansub binolar 4 zonaga-sinfga taqsimlangan. Binolarni portlash va yong’inga havfliligi zonasini-sinfini belgilashda mahsus harf va rakamlar qo`llanadi. Loyihadagi korhona B sinfiga kiradi. Yong’in havfsizligi norma, qoidalariga asosan evakuatsiya yo’llari o’tga chidamli materiallardan tayyorlanishi, harakat yo’lida begona to’siqlar bo’lmasligi kerak. Har bir xona va binodan chiqish-evakuatsiya yo’li kammida ikkita bo’lishi kerak. Ular orasidagi masofa L>1,5VP tenglama bilan topiladi (bu erda R- bino perimetri). Chiqish yo’li kengligi kamida 0,8-1,0m bo’lishi talab qilinadi. CHiqish yo’li orasidagi masofa SNiP-2.09.02-85 ga asosan binoni hajmi, o’tga chidamdiligi darajasi, yong’in havfliligi kategoriyasiga metr hisobida belgilangan. Yong’inni o’chirish uchun suv, suvni kimyoviy eritmalari, ko’pik, inert gazlar, gaz tarkibli kukunsimon moddalar, turli aralashmalar ishlatiladi. Yonuvchi qattiq, suyuq, gaz holdagi moddalarni, materiallarni yong’inini o’chirishda arzon va keng tarqalgan suv ishlatilinadi.Suv yuqori issiqlik sig’imiga (bug’ hosil qilish issiqlik 2258 Dj/kg), yuqori termik chidamlilikga (17000C yuqori), bug’ hosil bo’lishida hajm kengayishiga (1 kg suv bug’lanib 1700l bug’ hosil bo’ladi) ega. Suv yuqori elektr o’tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo’lganligi uchun kuchlanish ostidagi elektr uskuna, jihozlar yong’inini o’chirishda qo’llanmaydi.
Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri aholii va xududlarni tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlardan muxofaza qilish, xavfsizlikni taominlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A. Karimov shu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib o’z «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini taominlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan himoya qilishdir» deb takidlab o’tadilar. Shunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor harakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida ta’minlash asosiy vazifalardan biridir Fuqaro muxofazasi umumdavlat mudofaa ishlari tizimi bo’lib aholini va halq xo’jaligini tinchlik va harbiy holatlarda Favqulotda vaziyatlardan himoyalash maqsadida, shuningdek obektlarni barqarorligini oshirish tabiiy ofat, avariya kabi FV lar oldini olish, ular yuz berganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Favqulotda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) – aholi va xududlarni favqulotda vaziyatlardan himoya qilish kuch-vositalari va muassasalarini birlashtiradi, hamda favqulotda vaziyatlarni oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, aholi xavfsizligini, hududlarni va davlat iqtisodiyotini xavfli zararlardan himoya qilishga mo’ljallangan davlat tizimidir. Favqulotda vaziyat – muayyan xududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi natijasida katta moliyaviy zararlarga olib keluvchi halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqalardir. FVDT ning asosiy vazifalari: -Tinchlik va xarbiy davrlarda aholi va hududlarni Fvlardan himoya qilishning xuquqiy, iqtisodiy meoyoriy xujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; -Respublikada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen FVlarni prognoz qilish va oqibatlarini baholash. -Har qanday sharoitlarda FVlarni bartaraf etish kuch vositalarini tayyorganrligini taominlash. -FV sohasida davlat ekspertizasi nazoratini o’tkazish va tekshiruvini amalga oshirish, shuningdek ushbu sohada halqaro hamkorlik qilish. [17,18] Loyihalanayotgan korhonada fuqaro himoyasi vazifalarini bajarish maqsadida shu obektning moddiy texnika bazasi negizida quyidagi bo’lim va xizmatlarni tashkil etilgan. Umumiy aloqa xizmati; Jamoat tinchligini saqlash (qo’riqlash) xizmati; Yong’inga qarshi kurash bo’limi yoki xizmati; Tibbiy xizmat; Avariyaviy-texnik xizmat; Moddiy texnik taominot xizmati; Transport xizmati; Radiasiya va kimyoviy unsurlardan saqlash xizmati va boshqalar. Obektning alohida xususiyatlariga ko’ra boshqa bo’lim va xizmatlar ham tuzilishi mumkin. Xizmatlar soni obektning fuqaro himoyasi rahbari tomonidan belgilanadi. Obekt fuqaro himoyasi bo’limining asosiy vazifalaridan biri tinchlik va harbiy holatlarda turli yo’nalishdagi fuqaro himoyasi kuchlarini tuzish va qayta tayyorlashdir. Fuqaro himoyasi kuchlarining asosini shu obektlarning harbiy bo’lmagan shakllari tashkil qiladi. Fuqaro himoyasi kuchlarining tashkil qilinishi yaoni shaxsiy tarkib va ajratilgan texnik-jihozlar obektning ish faoliyatiga taosir ko’rsatmasligi kerak. Fuqaro himoyasi kuchlari maxsus dastur asosida qayta tayyorlanib, tegishli masalalarni bajarishda doim tayyor turadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi 455-sonli qaroriga ko’ra FVlar quyidagicha tasniflanadi:
Texnogen tusdagi FV lar: Temiryo’l, avtotransport va metropoliten bilan bog’liq avariya va halokatlar. Yirik xavfli obektlar va ishlab chiqarish bilan bog’liq yong’in va portlashlar. Energetika va kommunikasiya tizimlaridagi avariyalar. Gidrotexnika avariyalari Radioaktiv taosir natijasida yuzaga keladigan holatlar. Tabiiy tusdagi FV lar: Geologik xavfli hodisalar (zilzila, ko’chki, cho’kish va b.) Gidrometereologik xavfli xodisalar (kuchli shamol, suv toshqini, sel va b.) Favqulotda epidemiologik va epizootik holatlar (infeksion va virusli kasalliklar ommaviy tarqalishi va b.) Ekologik tusli FVlar: Litosfera – quruqlik holati o’zgarishi bilan yuzaga keladigan xavfli holatlar. Atmosfera– xavo tarkibi o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan holatlar. Gidrosfera – suv resurslari tarkibi o’zgarishi, ularni chiqindilar bilan zararlanishi natijasida yuzaga keladigan holatlar. Loyihalanayotgan korhonada oboektida taobiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lishi mumkin. Tabiiy tusdagi FV lar: yer silkinishi yohud zilzila, kuchli shmol, bo’ron bo’lishi mumkin. Undan tashqari ishlab chiqarish bilan bog’liq texnogen tusdagi FV lar: yong’in, enrgetika va komunikatsiyadagi avariyalar sodir bo’lidhi mumkin. Texnogen tusli Favqulotda vaziyatlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq avariya, yong’in, portlash va boshqa halokatlar kiradi. Avariya – mashina, mexanizm, kommunikasiyalarningishdan chiqishi, foydalanish tartibiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, ishga layoqatsizlik va boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan favqulotda holat. Avariya natijasida ishchi xodimlar xayoti va salomatligiga taosir ko’rsatib, yong’in, portlash, elektr tutashuvlari va boshqa holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishlab chiqarish korxonalaridagi yong’in, portlash kabi vaziyatlar yirik avariyalar xisoblanadi, chunki atmosfera havosiga kuchli ta’sirchan zaharli moddalar va raadiasiya nuralanishi kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Korxonada barcha bo’limlar, tsexlarda komunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan. Korxonada asosiy FV dan ogohlantiruvchi signal, har bir tsex, bo’lim boshliqlari ratsiya aloqasi mavjud. Bundan tashqari markaziy dispecherlik bo’limi ham bor. U erda korxona hududida sodir bo’lgan yoki boshqa turdagi xabarlar mikrafon orqali xabar beriladi. FV sodir bo’lganda binolar ichidan chiqish yo’llari sxemasi ko’rinarli joyga osib qo’yilgan. Har bir tsexda yong’in havfsizligi burchagi bo’lib kerakli o’t o’chirish anjomlari bilan taominlangan. Korxona yong’in havfliligi bo’yicha B kategoriyaga mansub. KTZM – kimyoviy birikma bo’lib maolum miqdorda yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyadan oshib ketganda insonlarga chorvachilik va qishloq xo’jaligi o’simliklariga zararli taosir ko’rsatadi. Ular texnologik jarayoning asosiy xom-ashyosi yoki bir qismi (ammiak, xlor, vodorod sulfid, uglerod, azot, oltingugurt oksidlari) bo’lishi mumkin. SHuning uchun bunday zaharli birikmalar bilan ishlayotganda doim shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalar ishchi-xodimlarga korxona fuqaro himoyasi yoki texnika xavfsizligi bo’limi tomonidan bepul ta’minlab berilishi lozim. Nafas olish yo’llarini himoyalovchi vositalarga umumiy himoya kostyumlari UXK, gazniqoblar va respiratorlar kiradi. Gazniqoblar himoyalash turiga ko’ra 2 hilga bo’linadi. To’siqlovchi gazniqoblar – havo tarkibida yuqori konsentrasiyali zaharli moddalar bo’lib, toza kislorod miqdori 16% dan kam bo’lganda qo’llaniladi. Nafas olish uchun havo maxsus kislorod balonlaridan yoki tashqi (toza) muxitga ulangan havo almashtirish tizimidan olinadi. Filtrlovchi gazniqoblar – havo tarkibida zaharli moddalar bo’lib, toza kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmagan holatlarda foydalaniladi. Tashqi muhitdagi havo filtr qutisidan tozalanib o’tib nafas olish yo’liga uzatiladi. Filtrlovchi gaz niqoblarni qaysi moddalardan himoya qilishini tanlab olish uchun ularning filtlovchi qutisi rangiga qarab ajratiladi. Favqulotda vaziyatlar davrida aholini himoya qilishning kompleks chora-tadbirlari qatorida muhim o’rinni yuzaga kelgan havflardan aholini o’z vaqtida ogohlantirish vazifalari xisoblanadi. Bunday tadbirlar radio-televidenie va aloqa xizmatlari orqali fuqaro himoyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Korhonada ishchi va hizmatchilarni FV dan ogohlantirishda markaziy dispecherlik bo`limidam butun korxona bo’ylab habar beriladi va avariya signali ishga tushiriladi. Tinchlik va harbiy vaqtlarda yuzaga kelgan favqulotda vaziyatlar davrida aholini qutqarish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish FH organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bunday tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad aholini ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko’rsatish, avriya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan odamlarni olib qichishga qaratilgandir. ATROF MUHIT MUHOFAZASI Oxirgi yillarga kelib fan va texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi bilan bir qatorda, bir vaqtda ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda chiqindilar chiqmoqda va bu chiqindilar atrof muxitga kelib tushishi tufayli atmosfera xavosini yer yuzi va yer osti suvlari, tuproqlarni zaxarli moddalar bilan ifloslanishi kuzatilmoqda, natijada injsonlarning yashash sharoiti yomonlashib kelmoqda. Bundan tashqari o’simlik va xayvonot dunyosiga zarar yetkazilmoqda. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon dolzarb muammo bo’lib u milliy va mintaqaviy doiradan chiqich butun umumiy muammoga aylanib ulgurgan. Tabiat va inson o’zaro muayyan qonuniyatlar ostida munosabat ostida buladi. Bu qonunyatlarni buzish o’nlab ekologik falokatlarga olib keladi. Afsuski bu ekologik muammolar O’zbekistonni xam chetlab o’tmadi. Mutaxasislarning aytishicha O’zbekistonda xam murakkab ya’ni xavfli vaziyat yuzaga kelmoqda. Xavfli vaziyatlar Birinchidan suv zaxiralarining shu jumladan yer osti va yer usti suv zaxiralarining tanqisligi xamda ifloslanganligi katta tashvish to’g’dirmoqda. Ikkinchidan Orol dengizining qurib borishi juda juda katta muammo deb aytish mumkinki milliy kulfat bulib qoldi. Uchinchidan xavo bo’shlig’ining ifloslanishi xam respublikada ekalogik xavsizlikka solayotgan taxdiddir xar yili Respublikamizning atmosfera xavosiga 4 – mln tannaga yaqin zaxarli moddalar kelib tushmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to’g’ri keladi. 15 % ni uglevodorod chiqindilari, 14 % ni SO2 chiqindilari, 9 % ni N2O chiqindilari. 4 % o’ziga xos o’tkir zaxarli moddalarga to’g’ri keladi. O’zbekistondagi mavjud ekologik muammolarni xal qilish uchun xukumatimiz tomonidan bir qotor qonunlar qabul qilingan . Masalan: 1992 – yil “Atrof muxitni muxofaza qilish” 1993 – yil “ Atmosfera xavosini muxofaza qilish” 2002 – yilda “ CHiqindilar xaqida “ Qonunlar qabul qilindi. Yuqorida keltirilgan muammolarni xal etish uchun quyidagi yo’nalish bo’yicha ish olib borish kerak . Atmosfera xavosini ifloslantiruvchi manbalarga asosan sanoat korxonalari, transport, issiqlik eliktrostansiyalar va boshqalar kiradi. Bu manbalar xar biri o’ziga xos maxsus ifloslantiruvchilar hosil qiladi.
Absorbsiya usuli. Gazlarni suyuq moddada yuvib olish. Adsorbsiya. Gazlarni g’ovaksimon qattiq jismda yuvib olish. Adsorbentlar sifatida aktivlangan ko’mir, tuproq selikagel, tsalitlar ishlatiladi. Katalik usul yordamida. Havoning tarkibidagi zaharli gazlar, zaharsiz gazlarga aylantiriladi. Termik usullar yordamida. Yoqori temperaturalar tasirida (900 – 1000 oC) havoning tarkibidagi gaz aralashmasi yoqilg’i bilan birgalikda kuydirib yuboriladi. Oqova sularini tozalash. Mexanik usullar – tindirish, filtr lash, sentrafugalash, suzib olish va xakoza. Fizik – kimyoviy usullar – kogulyatsiya – flokulyatsiya, flotatsiya usullari kiradi. Kimyoviy usulga – neytrallash, oksidlanish – qaytarilish, termooksidlash. Bu usullar yordamida suvda erigan moddalar, reagentlar yordamida erimaydigan xolatda o’tkazilib cho’kmaga tushadi va suvdan ajratib olinadi. Biokimyoviy usullar – oqova suvlarni organik moddalardan mikroorganizmlar yordamida tozalash tozalash jarayoni ajratishi biofiltr , biofaktorlarda amalga oshiriladi. Korxonada suv texnologik extiyojlar uchun sovutuvchi sifatida suv ishlatiladi, xamda xo’jalik – maishiy extiyojlar uchun. Xulosa Respublikamizda hozigi kunda bir qancha qarorlar va Prezidentimizning farmonlari har bir soxa bo’yicha o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. 2017-2021 yillar oralig’ida 5 ta strategiya bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi. Ushbu dastur ichida mineral o’g’itlar ishlab chiqarish bo’yicha bir qancha qarorlarni o’z ichiga oladi. Ushbu qarorlardan kelib chiqqan xolda ammafos o’g’itini olishda bug’latish apparatini takomillashtirish bo’yicha hizmat qiladi. Buning asosiy sababi insonlarga qulaylik hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifatli va yuqori samarador bo’lishidir. Respublikamiz iqtisodiyoti o’sishi bilan turli soha ko’rsatkichlari ham o’sib bormoqda jumladan kimyo sohasi ham jadallik bilan rivojlanyapti. Bunga misol qilib “Ammofos-Maksam” AJni olishimiz mumkin. Men ham ushbu bitiruv malakaviy ishimda eksraksionniy fosfat kislotasidan ammofos ishlab chiqarishni loyihalashni bilib oldim va o’rgandim. Buning uchun men Prezdentimiz asalaridan, shu sohadagi adabiyot va qo’llanmalardan hamda internet ma’lumotlaridan foydalandim. Bu bitiruv malakaviy ishimda men xom ashyo sifatida hozirgi kunda 13-15% P2O5 tutgan EFK oldim va bug’latish apparatiga kelayotgan bo’tqani quritish uchun kam energiya sarflarini o’rgandim. Buning uchun men ammofos o’g’itining xossalarini, ahamiyatini, texnik bardoshliligini, turli bosimda turlicha ekanligini bilib oldim. Shu sababli men loyihamda bu mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi, qo’llaniladigan xom ashyolar, unga qo’yiladigan taolablar, mahsulotning xossalari, uning iqtisodiy samaradorligi, moddiy, issiqlik balanslarini, mahsulotni ishlab chiqarishda qatnashadigan jihozlar va boshqa bo’limlarni yoritganman Bulardan foydalanib yillik ish quvvati 8 912 560 ga teng bo’lgan mahsulot olishni loyihaladim. Qolaversa jarayonni avtomatlashtirish, iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari va korxonaning joylashishini hamda atrof muhitini o’rganib chiqdim. Mehnat muxofazasida ishchilarga yaratilgan sharoitlar davlat standartlari asosida bo’lishi kerakligi to’g’risida ma’lumot keltirganman. Hozirgi kunda chiqindisiz texnologiya ishlab chiqarish va yuqori sifat hamda yuqori samaradollikka erishishni hal qilish dunyoda birinchi o’rinda turibdi. Biz tamondan olingan ammafos mahsulotni ham sifati yuqoridir. Undan olinadigan mahsulotlarni kamdan kam xolatda foydalanishga yaroqsiz bo’lishi mumki. Ushbu bitiruv malakaviy ishimni tayyorlashda 4 yil davomida ustozlarimdan olgan bilim va ko’nikmalarimdan keng foydalandim. Kelajakdagi ish faoliyatimda o’qish davomida olgan bilimlarimni ishlab chiqarish jarayanlarida amalda ko’rsatishga yurtimiz ravnaqiga barcha yurtdoshlarim kabi o’z xissamni qo’shishga sitqidildan xarakat qilaman. Foydalanilgan adabiyotlar Ғафуров Қ., Шамшидинов И. Минерал ўғитлар ва тузлар технологияси. – Т.: Фан ва технология, 2007. – 352 б. Ғафуров Қ., Шамшидинов И. Минерал ўғит ишлаб чиқариш назарияси ва технологик ҳисоблари. – Т.: Фан ва технология, 2010. – 360 б. Технология фосфорных и комплексных удобрений / Под ред.С.Д.Эвенчика и А.А.Бродского. –М.: Химия, 1987. – 464 с. Позин М.Э. Технология минеральных удобрений: Учебник для вузов. – Л., Химия. 1989. – 352 с. Кононов А.В., Стерлин В.Н., Евдокимова Л.И. Основы технологии комплексных удобрений. – М.: Химия, 1988. – 320 с. Кочетков В.Н. Фосфорсодержащие удобрения: Справочник / Под ред. проф.А.А.Соколовского. – М.: Химия, 1982. – 400 с. Соколовский А.А., Унанянц Т.П. Краткий справочник по минеральным удобрениям. – М.: Химия, 1977. – 376 с. Шамшидинов И. Получение удобрений типа двойного суперфосфата из фосфоритов Каратау: Автореф. дис. … канд. техн. наук, - Ташкент, 1994. – 25 с. Гафуров К. Обесфторенные удобрения из фосфоритов Каратау. – Ташкент: ФАН, 1992. – 200 с. Дехканов З.К., Ибрагимов Г.И., Намазов Ш.С., Садыков Б.Б., Реймов А.М., Сейтназаров А.Р. Химическое обогащение высококарбонацодержащих фосфоритов Кызылкумского месторождения. Горный Вестник. - Навои, 2011. - №2. - С.121-124. Кузовлев А.К., Малoцева И.И., Пугач А.Н. Технология обогащения зернисто - детритовых фосфатных руд Джеройского и Сардаринского месторождений. // Труды Среднеаз. НИИ геологии минералoного сырoя. - вып. 3. с 73-83. Блисковский В.З., Магер В.О. Особенности вещественного состава руд Джерой-Сардаринского месторождения, влияющие на технологию обогащения. // Технологическая минералогия фосфатных руд: Тез. докл. совещ. 17-18 ноября 1987. – Черкассы, 1987. с 42-43. Бойко В.С. Литология фосфоритоносных отложений среднего эоцена Централoных Кызылкумов.: Дис.... канд. геолог. мин. наук. -Новосибирск. 1979.- 228 с. Блисковский В.З., Фатхуллаев Г.Ф., Магер В.О. Вещественный состав Джерой- Сардаринских фосфоритов. -В сб: геология и вещественный состав неметаллических полезных ископаемых Средней Азии.- Ташкент , изд. САИГИМСа. - 1984. с. 19-30. Амирова А.М., Соколов С.И., Нарметова Н., Юсупова Ф.М. О вещественном составе зернисто-детритовых фосфоритов Централoных Кызылкумов. // Узб. хим. ж. 1981. №3. С. 8-13. Бойко В.С., Шабанина Н.В. Минералогические особенности зернистых фосфоритовых руд Кызылкумов и исследование их обогатимости. // Узб. геолог. ж. 1979. №3. С. 84-86. Шинкоренко С.Ф., Хрящев С.В., Михайлова Т.Г., Левкина Т.Т. Обогащение фосфоритов Кызылкумского месторождения с применением обжига. // Хим. пром. 1989. №3. С. 187-189. Х.Рахимова, А.Аозамов, Т.Турсунов: «Меҳнатни муҳофаза қилиш». Тошкент. «Ўзбекистон» – 2003. М.Бобоматов, З.Мамадалиева: «Меҳнат муҳофазаси» фанидан услубий қўлланма. Наманган – 2014. Позин М.Э. Технология минеральных удобрений: Учебник для вузов. – Л., Химия. 1989. – 352 с. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling