O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mаxsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkent dаvlаt pedаgоgikа universiteti


Download 327 Kb.
bet2/13
Sana11.10.2023
Hajmi327 Kb.
#1697765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
33871 Turizm 2016 тайёр

1.1.Fanning maqsadi va vazifalari.
Fanni o’qitishdan maqsad – bakalavriat talabalarini keng doirada turizm soxasini rivojlatirish, uni boshqarish, rivojlantirish uslublari va shakllaridan unumli foydalanish hamda samarali natijalarga erishish, turizm sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, turistik korxona va firmalar faoliyatini nazorat qilish, ko’p va aniq mijozlarning talab va istaklariga mos turistik maxsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumotlarga doir bilim va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – bulajak o’qituvchilarga hozirgi sharoitda turizmni tashkil etishning ilmiy asoslari, turistik amaliyotni to’liq anglash va bu sohada xo’jalik yuritishni oqilona yullarini topish, turizm soxasida davlat siyosatini asoslash, dunyo turizm industriyasining hozirgi zamondagi holati, turizm bozor tizimi, xalqaro turizmda ruy berayotgan o’zgarishlar, yangi vaziyatni tahlil etish, tarakkiyot tendentsiyalarini aniqlash xakida bilimlar berish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatidan amaliy axamiyat kasb etuvchi iktisodiy bilim, kunikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.


1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
«Turizm va rekreatsiya geografiyasi» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
- turizm tarmog’i, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, mintaqaviy rivojlanish xususiyatlarini bilishi kerak;
- turizm va rekreatsion resurslarga doir ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- rekreatsiyaga oid ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, tamoyillar va ularning mazmuni bo’yicha malakalariga ega bo’lishi kerak.


1.3. Fanning boshha fanlar bilan bog’liqligi

“Turizm va rekreatsiya geografiyasi” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 7-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (O’zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya,) umum kasbiy fanlar (iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarkibiga kiruvchi fanlar) fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab qiladi.





Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling