О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


О‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi


Download 0.82 Mb.
bet14/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

3.3.О‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi
О‘zbekistonning jahon sahnasiga chiqishida, uni dunyo tanishida shu kunlarda sport asosiy vositalardan biri bо‘lib xizmat qilmoqda. Jahon miqyosida о‘tkazilayotgan turli xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar dunyo xalqlarining nigoxini О‘zbekistonga qaratmoqda. Albatta, bu salohiyatni saqlash, qolaversa, imkon qadar oshirish lozimligini hisobga oladigan bо‘lsak, sportchilarni tayyorlaydigan kadrlarni, zahiradagi о‘rinbosarlarni, ular uchun moddiy texnik bazani jahon talablari darajasida tayyorlash va kengaytirish, tibbiy-pedagogik nazoratni yо‘lga qо‘yish, milliy sport turlarini rivojlantirish, yirik sport inshootlarini bunyod etish nihoyatda dolzarb muammolardir.

О‘zbekiston sporti tarixida milliy Olimpiya qо‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. 1992 yil 21 yanvar О‘zbekiston Respublikasining “Milliy Olimpiya qо‘mitasi” tuzilgan. 1992 yil 3 martda Xalqaro Olimpiya qо‘mitasi tarkibiga rasman a’zo bо‘lib kirdi. 1993 yil sentabrida Xalqaro Olimpiya qо‘mitasi tо‘la tо‘kis tan olindi. U О‘zbekistonda Olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya о‘yinlarida Respublika vakillari ishtirokida ta’minlash, jahon sportchilari bilan dо‘stona aloqalar о‘rnatish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug‘ullanmoqda. Olimpiya qо‘mitasining 127 a’zosi, 11 faxriy a’zosi bor.


Bu ishlarning amalga oshirilishi О‘zbekiston sportchilari uchun olimpiada, Osiyo va jahon birinchiliklari musobaqalarida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratdi.
1993 yil 23 aprelda О‘zbekiston milliy Olimpiya qо‘mitasining bosh ossombleyasi bо‘ldi. Qishki olimpiadada fristayl-akrobatik sakrashda vatandoshimiz L.Cheryazova oltin medal sohibasi bо‘ldi (1994 yil fevral).
Muz ustidagi sport raqsiga esa A.Steriadu va Y.Razgulayevlar ishtirok etishdi.
1991 yil Manila (Filippin) shahrida shaxmat bо‘yicha bо‘lib о‘tgan olimpiada о‘yinlarida Respublika shaxmat jamoasi a’zolari jahonda kuchli hisoblangan AQSH, Yugaslaviya, Angliya, Isroil jamoalarini ortga qoldirib Rossiyadan keyin ikkinchi о‘rinni egallaydi.
1993 yil yanvar oyida Minks (Belarussiya) shahrida sambochi-kurashchilarimiz jamoasi jahon birinchiligida uchinchi faxrli о‘rinni egallashdi.
1993 yildan boshlab milliy kurash bо‘yicha Amur Temur, At-Termiziy, Bahoviddin NAQShband, Paxlavon Maxmud, Mirza Bobur xotirasiga bag‘ishlab xalqaro turnirlar о‘tkaziladigan bо‘ldi.
1994 yil may va iyun oylarida Tennis bо‘yicha “Prezident kubogi” bо‘yicha xalqaro musobaqa о‘tkazildi. Shu yili aprel va may oylarida Tennis bо‘yicha “Buyuk ipak yо‘li-stellit” xalqaro turniri bо‘lib о‘tdi. Turnir g‘olibi Gerald Mendl (Avstriya) bо‘ldi.
1995 yil 29 avgustda Toshkentdagi “Yunusobod” tennis kortida О‘zbekiston Respublikasi “Prezident kubogi” uchun ikkinchi xalqaro turnir bо‘lib о‘tdi, 14 ta mamlakatdan vakillar tashrif buyurishdi.
1995 yil 3-8 sentabr kunlari Markaziy Osiyo Respublikalarining 1-sport о‘yini bо‘lib о‘tdi. Unda Xalqaro Olimpiya qо‘mitasining prezidenti Xuan Antonio Samaranch va boshqa kо‘pgina xalqaro sport tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
Respublikada «Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida» qonun qabul qilinishi, О‘zbekiston Milliy Olimpiya qо‘mitasining tuzilishi va sport tashkilotlari hamda jamiyatlarning mustaqil о‘zini-о‘zi boshqarishga о‘tishi bu jarayonlarni
Qadimgi vaqtlardan beri xalq hayotining mazmuni, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, maishiy tomonlarini о‘zida mujassamlantirib kelgan narsa - bu xalq jismoniy tarbiyasidir, ya’ni milliy xalq о‘yinlari va milliy sport turlaridir. ilk zamonlarda ularning kо‘pi mol boqish, yovvoyi hayvon, qush va hayvonlarni ovlashga, dehqonchilik ishlari bilan bog‘liq edi. Xalq jismoniy tarbiyasi, tariximiz, boy madaniyatimiz, rang-barang xalq og‘zaki ijodimiz, an’analar, urf-odatlarimiz urug‘lari о‘sha davrlarda sepilgan. Tarixiy arxeologik va etnografik manbalarda xalq о‘yinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishi haqida tegishli va qiziqarli ma’lumotlar qoldirilgan. Sharqning buyuk allomalari Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu Lug‘atit turk”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, A.Navoiyning “Hamsa”, “Maxbub-ul-kulub”, Zayniddin Maxmud Vosifiyning “Badoye’ul vaqoye’”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, “Temurnoma”, Zahriddin Boburning “Boburnoma”, Umar Hayyomning “Navrо‘znoma” va boshqalar, shuningdek tarixiy romanlar, Oybekning “Navoiy”, “Bolalik”, povesti, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Mirmuxsinning “Temur Malik”, Raddiyfishning “Jaloliddin Rumiy” va shu kabi tarixiy ilmiy asarlarda xalq о‘yinlarining paydo bо‘lish tarixi va taraqqiyoti tо‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Biz xalqimizning juda kо‘p sonli an’analari, urf-odatlari, udumlari va marosimlarini boy berdik, qaysiki ularning barchasida xalq jismoniy tarbiya vositalari о‘zining ifodasini topgandi, lekin xalq о‘yinlari, milliy raqslari jismoniy mashqlari va milliy sport turlari butunlay yо‘qolib ketgan emas. Xalq uni о‘z farzandini e’zozlagani kabi avaylab-asrab, qalb kо‘rini berib bag‘rida saqlab keldi. Qanchalik ta’kidlashlar, ta’qiblar bо‘lmasin, u avloddan-avlodga uzatib kelindi.
Respublika jismoniy tarbiya va sport ommaviyligini kо‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy о‘yinlarini qayta tiklash, sog‘lom turmush tarzini shaqllantirish, zamonaviy sport turlari bо‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va tanlash, ularning sport mahoratlarini oshirish ishlari bо‘yicha ilmiy-nazariy anjumanlar о‘tkazildi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling