О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


MUNDARIJA NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI 11


Download 0.82 Mb.
bet2/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

MUNDARIJA
NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI 11
Nazorat savollari: 45
Nazorat savollari: 66
2.3-7 yoshdagi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bilasizmi? 66
3. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritsi qanday tuzilishga ega? 66
Nazorat savollari: 119


FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI


BAHS-MUNOZARA” METODI - biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi sanaladi.
Ushbu metod har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qo‘llaniladi. Ta’lim beruvchi “Bahs-munozara”ni boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki o‘zi olib borishi mumkin. Bunda “Bahs-munozara”ni erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish talab qilinadi. Ushbu metod qo‘llanilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolar darhol bartaraf etilishi lozim.
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

Quyida “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan. Bahs-munozara” metodining tuzilmasi.

“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.


2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.
3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib sifatida tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul echimi tanlanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling