О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet5/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

S – (strength) – kuchli tomonlari.
W – (weakness) – zaif, kuchsiz tomonlari.
O – (opportunitu) – imkoniyatlari.
T – (tnreat) – to‘siqlar .
VENN” diagrammasi metodi
Metodning maqsadi. Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
  • ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;


  • navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;


  • juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqini) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.






NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI




3-semestr
1-ma’ruza: Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari.
Mavzu rejasi:
1.Bolalar tushunchalari jismoniy tarbiyasi fanining maqsadi va predmeti
2.Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining asosiy tushunchalari.


Tayanch iboralar:jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorligi, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, harakat foliyati, sport, jismoniy madaniyat, jismoniy harakatlar.


1.1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Jismoniy tarbiya metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bog‘likdir. Jismoniy tarbiya metodikasi – jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o‘rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli uyin, shuningdek, jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta e’tibor qaratadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling