О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari


Download 0.82 Mb.
bet6/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari:
  1. Jismoniy rivojlanish.


  2. Jismoniy tayyorligi.


  3. Jismoniy kamolot.


  4. Jismoniy tarbiY.


  5. Jismoniy tayyorgarlik.


  6. Jismoniy ta’lim.


  7. Jismoniy mashqlar.


  8. Harakat faoliyati.


  9. Sport.

  10. Jismoniy madaniyat.

  11. Jismoniy harakatlar.




Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayoni sanaladi. “Jismoniy rivojlanish” iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda, u antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi (bo‘y, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddi-qomatining holati) va boshqalar. “Jismoniy rivojlanish” iborasi keng ma’noda qo‘llanganda, unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy ko‘rsatkichi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo‘yicha meyoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Ular «Bolajon» tayanch Dasturida ko‘rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichi.
“Jismoniy kamolot” o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlarni ishlab chiqarilishi, shuningdek, kishilar ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sanaladi. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligi (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan harakterlanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling