О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sak-massagetlar jismoniy tarbiyasi


Download 0.82 Mb.
bet44/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Sak-massagetlar jismoniy tarbiyasi.
Xerodot bergan ma’lumotlarga qaraganda Kaspiy dengizidan sharqdagi tekislik (qoraqum)da, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida massagetlar qabilasi yashagan. Stabon xorazmiylarni ham massagetlarga kiritadi. Muharirr «massaget» nomi biror kavmning asl nomi emas, balki xalqning maishatini anglatuvchi lakab bo‘lishi kerak, deydilar. Masalan: «Massaget» so‘zi tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchalarni ajratib «Masya» baliq, «ka» yeguvchi, «ga» lar, ya’ni «baliq yeguvchilar» degan laqab bo‘lganini taxmin qiladilar. Eronliklar xorazmliklarni «baliqxo‘rlar» deb kamsitib ataganlari ham tarixdan ma’lum. qadim zamonlardan beri siyosiy adovat va urush tufayli eronliklar xorazmiylarni «baliqxo‘rlar» deb kelgan bo‘lsa, xorazmiylar ham eronliklarni «qizil boshlar» laqabi bilan kamsitib kelganlar. Ba’zi muharirr massagetlar SHAK kavmining harbiy birlashmasi bo‘lgan deb ko‘rsatadilar.
Dashti qipchoq, O‘rta Osiyo, Oltoy, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar bundan uch ming yillar skif deb atalgan xalqlar hunlar nomi bilan mashhur bo‘lgan. Skiflarning etnografik, antopologik xususiyatlari xunlarga yoki turk xalqlariga o‘xshashdir. Maxmud koshg‘ariyning ta’kidlashicha. Iskandar Zulkarnayn O‘rta Osiyoni bosib olayotganda turklar o‘q yoyni to‘g‘riga qanday otsa orqa tarafga xuddi shunday mahorat bilan o‘q otishgan. Bu etnografik xususiyatlar xunlar yoki turkiy xalqlarning udumlari skiflarnikiga o‘xshash deb qarashga asos beradi.
Sak-massagetlar jismoniy harbiy tayyorgarligida otda yurish, qilichbozlik, kamon otish, nayza va chukmorlarni jang paytida ishtaxa bilish muhim o‘rin tutgan. Aholisining zodagon va harbiylar guruhiga mansub bo‘lganlarning bolalari uchun maxsus tajribali ustozlar tanlab olingan, qaysiki ularning bolalari uchun otda yurish, nayzani uloqtirish, sanchish, kamondan otish, chukmorni ishlatish bo‘yicha saboq berishgan. Ular yetuklik yoshiga yetguncha qadar maxsus harbiy jismoniy tayyorgarlik bosqichini o‘taganlar. Uzoq muddatli mashaqatli sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh sak-massagetlar bemalol uchib borayotgan chumchukni mo‘ljalga olganlar, ot ustida ketayotib old va orqa tarafga bir xil o‘q uzib, mo‘ljalga aniq tegizganlar. Masalan, Xurshid Davronning yozishicha «.. Forslar qo‘shiniga yaqinlashgan massagetlar avval kamonlardan o‘q uza boshladilar. O‘qlarning qalinligidan forslar qo‘shini ustini soya qoplagandek bo‘ldi. Forslar ham qarab turmay, kamonlarini ishga soldilar. Ammo kamon otishda forslarga qaraganda massagetlar usta edilar. Ularning bolasi olti-yetti yoshidayoq yelib borayotgan otda turib chumchuqni mo‘ljalga olishgan. Midiyaliklar esa bu gapni necha zamon ilgari skiflardan eshitgan edilar. Skiflarning o‘zi kamon otishda butun Kichiq Osiyo xalqlarini koyil qoldirganlariga qaramay, bu ishda massagetlar ulardan mashxurroq ekanlarini aytgan ekanlar.
Xerodotning «Tarix» kitobida muntazam ravishda ahmoniylar harbiy ko‘shinlaridagi yurtimiz xalqlarining jangchilari haqida ma’lumot beradi: «Baqriyaliklarning usti-boshi midiyaliklarning ust-boshiga o‘xshagan, ular o‘q-yoy va kalta nayzalar bilan qurollanganlar. Saklar (skif qabilasi) uzun cho‘qqili qalpoqlar kiyib, kamon va xanjarlar bilan qurollanganlar, yana ularda ikki kirrali harbiy boltalar-sagarislar bo‘lgan». «Baqriya chavandozlarning qurollari piyoda askarlari qurollariga o‘xshagan».
Yuqori kayd qilinganidek, eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qadimgi ajdodlarimiz saklar, massagetlar, sugdlar, daxllar yashaganlar. Ular mehnatkash, erksevar va jasoratli bo‘lishgan. Ovchilik va dehkonchilik bilan shug‘ullanib, turli hunarlarni egallashgan. Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish lozimki, qadimgi ajdodlarimiz xotin-qizlari xurmat qilib, ularga izzat-ikrom bilan karashgan. Chet el bosqinlariga qarshi kurashda ayollar ham erkaklar qatori bir safda kurashishgan.
Malika Sparetra va Tumaris shunday jasur ayollar ediki, ular haqidagi rivoyatlar xanuzgacha el og‘zidan tushmaydi. Ular haqida hozirgi paytda poemalar, qissalar bitilgan, undash tashqari Tumaris xotirasiga bag‘ishlab, hozirgi paytda mamlakatimiz xotin-qizlari uchun har ikki yilda bir marta milliy xalq o‘yinlarining 11 ta turi bo‘yicha «Tumaris» festival o‘yinni o‘tkazilmokda.
Janglardan birida SAK podshosi A.Morg Eron shoxi Kurush tomonidan asir olinadi. Bundan xabar topgan malika Sparetra erkaklar va xotin-qizlar aralash katta ko‘shin to‘plab, Kurush lashkarlariga hujum qiladi va erini tutqunlikdan ozod qiladi.
Qadim Moziy bitiklarni varaqlagan insonlar dunyoning yarimini titratgan forslar xukumdori Kurush nomini emas, balki ona yurtini himoya qilib boskinchilarni mag‘lub etgan Massagetlar malikasi, magrur va ko‘rkmas To‘maris nomini uluglaydilar. Bundan kariyb VII asr burun yashagan insoniyatning ulug daxosi Dante o‘zining o‘lmas «iloxiy komediya» asarida turon malikasi jasoratini ilk bor she’rda madx etgan edi. Kurush ustidan g‘alaba qozongan To‘maris haqida, Dante biz-bugungi avlodlar yuragini xayajonga satrlarni bitadi:
Paydo bo‘lib go‘yo daxshatli o‘ch qilichi
Kurushga xayqirgancha so‘zlar To‘maris!
Qonga juda tashna eding, endi ich konxo‘r!
Xerodotning asarida Markaziy Osiyo xalqlarining «Kserks» ko‘shinlari ichida qadimgi dunyo tarixida mashxur bo‘lgan Marafon va Salamin (yunon-fors urushlari) katnashganliklari haqida ma’lumotlar bor. Marafon jangida saklarning otlik ko‘shinlari nixoyatda katta jasurlik ko‘rsatganlar.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling