О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha ta’limda bolalarni jismoniy tarbiyalash metodikasining ilmiy-nazariy asoslari


Download 0.82 Mb.
bet43/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Maktabgacha ta’limda bolalarni jismoniy tarbiyalash metodikasining ilmiy-nazariy asoslari
Reja:
1. Qadimgi yozma manbalarda jismoniy tarbiya masalalari
2. Sak-Massageklar jismoniy tarbiyasi.. Zardushtiylar. Grek-Baqriya davlatida jismoniy tarbiY.
3.Bolalar jismoniy tarbiyasining fanlar tizimida tutgan o‘rni
4.Jismoniy tarbiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilg‘or pedagogik tajribalar.
5,Jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlari turlari


1. Qadimgi yozma manbalarda jismoniy tarbiya masalalari
Qadimgi yozma manbalarning shohidlik berishicha miloddan avvalgi VI-VII asrlarda O‘zbekiston hududida sug‘diylar, Baqriyaliklar, Xorazmliklar, Sak va Massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysi, ya’ni bu hudud Sug‘da («Avesto»da) Sug‘uda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida Sug‘diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi esa Sug‘diylar deb atalgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan Xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti Xvarizam («Avesto») da, Xvarazmish (Bexustun yozuvlarida), Xorasmiya (Arian, Strabon asarlarida) deyilgan.
Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari Baqriyaliklar bo‘lib ularning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli Tojikistonning janubiy sarhadlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdiy «Avesto» da, Baqtrish (Bexustun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-Rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqriya deb ataganlar.
Saxro va Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog‘lik, cho‘l va sahro yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan Saklar istiqomat qilganlar. Milloddan avvalgi VI asrda ular o‘z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy qabila ittifoqini tuzganlar.
Qadimgi Rim va yunon muharirrlarining yozishlaricha, saklar 3 ta ijtimoiy guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy qozog‘iston yerlarida yashaganlar.
Ikkinchi guruh saka-tiay-tara-darayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar.
Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada saka-xaumovaraka deb ataluvchi saklar yashashgan.
Markaziy Osiyoning keng cho‘l hududlarida yashagan xalqlar Yunon manbalarda Skiflar nomi bilan yuritilgan. Skiflar tarixi to‘g‘risida yunon muharirrlari qimmatli ma’lumotlar beradilar. Jumladan Pompey Tron skiflarni dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri deb hisoblaydilar qadimiylikda ular Misrliklar bilan baxslashadilar: «Skif» so‘zi xalqning aniq nomi emas balki ularning turmushini sifatlovchi ma’noni anglatgan. Yaqin o‘tmishlarga qadar ham dasht, ham sahrolarda yashovchi xalqning maishiy turmushini anglatuvchi «Saxrat», «Sartlar» kabi iboralar ishlatib kelinganligi tarixda sir emas. Yunon muharirrlarining ma’lumotlariga qaraganda, skiflar qadimgi g‘arbda Dnepr daryosida tortib sharqda Tyanshan tog‘larigacha cho‘zilgan dasht va sahrolarda yashaganlar. Ularning qabilalari Massaget, Dax Sax (shak), Debrik kabi nomlar bilan atalgan.
Qadimgi skif qabilalarining Volga, Dnepr, Dunay daryolari bo‘ylarida yashaganliklarini kayd etishgan.
Qadimshunosliklar Afrosiyo (Samarqand), Yerqo‘rg‘on va Uzunkir (Qashqadaryo vodiysi), ko‘zaliklar (Xorazm), qiziltepa (Surxondaryo) kabi doimiy shaharlarni o‘rganish quyidagilardan dalolat berdi. Qadimgi shaharlarda xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o‘ralganligidir. Shaharda hokim yashaydigan xalqa bo‘lgan. Ilk qiziltepa shahri mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devori suv to‘ldirilgan xandak bilan jihozlangan. Devorning burjlari va o‘q otish uchun maxsus shinaklari ham bo‘lgan.
O‘sha davrda aholi quyidagi guruhlarga bo‘lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar, hunarmandlar.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling