5-ma’ruza: Ilk yoshdagi yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini davrlashtirish.
2. Ilk yoshdagi yoshdagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini davrlashtirish.
Bolalarni rivojlanish yosh xususiyatlarini ÿrganishda yosh davrlariga katta e’tibor karatish lozim. Bolalarni yosh davrlariga bÿlishda bir kancha olimlar ilmiy-tadkikotlar olib borganlar. J.Piaje (1896-1970), L.Kolberg, A.Vallon, R.Zazzo, G.Grimm… chet el olilari, L.S.Vagotskiy, L.I.Bojovich, D.B.Elkonin, A.A.Lyublinskaya, A.V.Petrovskiy, ÿzbek psixolog olimlaridan M.Vohidov, E.G‘oziyev, S.A.Axundjanova, M.SH.Rasulova, R.I.Sunnatova va boshkalar yosh davirlarini turli yosh boskichlariga ajratish bÿyicha ilmiy-tadkikot ishlarini olib borganlar. Shularga asoslangan holda yosh davrlarini kuyidagi boskichlarga ajratish mumkin.
Go‘daklik davri – tuilgandan 1 yoshgacha;
ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha;
maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha;
kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11 yoshgacha;
ÿrta maktab yoshidagi bolalar 11 yoshdan 14 yoshgacha;
Katta mktab yoshidagi bolalar – 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Bolani psixik va jismoniy rivojlanishida go‘daklikdan – maktabgacha bÿlgan davri eng muhim davr bÿlib hisoblanadi
Bola hayotining dastlabki 7 yili barcha organ va tizmlarning intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bola naslga xos biologik xususiyatlar, jumladan, asosiy nerv jarayonlarining tipologik xususiyatlari (kuch, muvozanatlilik va harakatchanlik) bilan ham tug‘iladi. Biroq xususiyatlar faqat jismoniy va psixik rivojlanishlarning asosini tashkil etadi, bola hayotining birinchi oylaridagi belgilovchi omil esa tashqi muhit va bola tarbiyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |