О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet26/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni о‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan о‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlarni bajarishda harakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, kо‘ngilchanlik va h.k.) va axloqiy (halollik, о‘rtoqlik hissi, о‘zaro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) fazilatlarni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, о‘z kuchiga ishonch, chidamlilik)ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy о‘sishiga yordam beradi, bunda nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol h.k.) shuningdek, tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish h.k.) rivojlanadi.
Bolalarda ijobiy hislar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarining ishiga yaxshi ta’sir qiladi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, gо‘zallikni, haraklarning ifodaliligini, qaddi-qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning gо‘zalligini tushunish va tо‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, sо‘z va xatti-harakatda qо‘pollikka murosasiz bо‘lishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustahkamlanadi, harakat kо‘nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bо‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum tо‘ldirilgan о‘ralar, qor uyumlari, sirg‘anish uchun muz yо‘lkalar h.k.) qurish, jismoniy tarbiya jihozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun qopchalar yasash, nishonlarni bо‘yash h.k.), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, о‘yinchoqlarni joy-joyiga qо‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mehnat kо‘nikmalarini egallaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling