О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet72/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Chaqqonlik - bu faoliyat davomida paydo bо‘ladigan kutilmagan shart-sharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg‘unligini rivojlantirish, ularning sur’ati va kо‘lamini, mushaklarning zо‘riqishi va bо‘shashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mо‘ljal ola bilish mahorati asosida sodir bо‘ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg‘un holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik kо‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish rо‘y beradi. Bu esa chaqqonlik qobiliyatini asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir.
Epchillik - bu harakatnieng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir signalga javob tariqasida bajarilgan (harakat reaksiyasi deb ataladigan tezlikka) ayrim harakatlar tezligi va kо‘p marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bog‘liq bо‘ladi. Harakatlarning mana shu barcha ta’rif-tavsifi, bog‘chadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab, to katta guruhdagi bolalarda muntazam mashq qilish natijasida о‘sib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga о‘yin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning о‘zgarishiga qarab shug‘ullanuvchilar tezlik bilan javob reaksiyasi berishlari hamda bir harakatdan ikkinchisiga jadallik bilan о‘tishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli о‘yinlar hamda tо‘siqlarni yengib о‘tish, tо‘xtab-tо‘xtab, burilishlar bilan bajariladi va birdan berilgan signal bо‘yicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, xatlab о‘tish, engashib-emaklab о‘tish bilan bog‘liq bо‘lgan mashqlar, muvozanat mashqlari,turli xil sport о‘yinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni о‘stiruvchi mashqlar hisoblanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling