О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 0.82 Mb.
|
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org
Kuchlilik-bu mushaklarni ma’lum darajada zо‘riqtira olish qobiliyati bо‘lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning mushaklari hali yaxshi rivojlanmagan bо‘ladi, uning asab harakati ham hali yetarli darajada takomillashmagan, bog‘cha bolalari mushaklarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar.
Kichik guruhdagilar uchun shu narsa muhimki,ularda rostlovchi mushaklarning hayotiy faoliyatidan kо‘ra, bukish mushaklarining hayotiy faoliyati ortiqroq bо‘ladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, о‘yinlar о‘tkazish vaqtida esa engashib о‘tiradilar va hokazo. Shu sababli, bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi mushaklar kuchini kо‘paytirishga alohida e’tibor berish, bola gavdasi va oyoq-qо‘llarini rostlaydigan, tо‘g‘ri turishga о‘rgatadigan mashqlarni bajartirish muhim ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar, asosan, dinamik harakterga ega bо‘lishi kerak. Ayni vaqtda, bu uzoq vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zо‘riqishlar bilan bog‘liq, bо‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchni rivojlantirishda zо‘r berib, kuchlanish talab etiladigan mashqlar qо‘llanmasligi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan va tezlik hamda kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning о‘zida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, о‘z og‘irligini kо‘tarish bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi bir mashqlar (engashtirib qо‘yilgan va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika taxtasida о‘z qо‘llari, kuchi bilan tortilish va shunga о‘xshash mashqlar)ni bajarish о‘rinlidir. Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash organizmturli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib keladigan va kuchli zо‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida organizmda yuzaga keladigan kо‘nikish, ya’ni chiniqish sanaladi. Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda, ularga о‘zlarida kо‘nikma hosil qilgan vazifaga qaraganda yuqoriroq jismoniy ta’sir kо‘rsatadigan mashqlar va о‘yinlar qо‘llaniladi. Maktabgacha yoshdagi kichik guruhlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida matonatni tarbiyalash uchun о‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday о‘yin va mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zо‘riqish talab qilinadi. Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga nafas rostlashiuchun vaqt ajratish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat, avvalo, yurish, yugurish, sakrash, chang‘ida yurish, raqsga tushish, suzish va harakatli о‘yinlarni о‘ynash va mustaqil faoliyat kо‘rsatish vaqtida rivojlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling